Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Misrlik mohir mergan – Muhammad Saloh

Misrlik mohir mergan – Muhammad Saloh

Baho:
+ | -

6 dekabr kuni u «Spartak»ning dodini bergan bellashuv («Liverpul» - «Spartak» - 7:0)da so‘nggi nuqtani qo‘ydi, taxminan yarim yildan keyin Rossiya termasi darvozasini hech bo‘lmaganda bir marta zabt etishga urinib ko‘rishiga shubha yo‘q.

Joriy mavsum mohir merganligini 18 marta namoyish etgan Muhammad Saloh 12ta gol bilan APL to‘purarlariga yo‘lboshchilik qilmoqda. Unga qarshi maydonga tushadigan jamoalarga yuksak ehtiyotkorlik tavsiya etiladi.

Uchqur hujumchini dunyoga keltirgan Nogrig qishlog‘ida Muhammad Saloh nomi bilan yuritiladigan maktab bor, tez orada faoliyat boshlaydigan yoshlar markazi ham shunday nomlanadi. Bu badavlat futbolchining manmanligi yoki qandaydir yirik biznes loyihasi mahsuli emas.

Saloh ko‘pchilik qatori o‘z yurtini sevadi va qo‘lidan kelganicha mamlakat rivojiga hissa qo‘shmoqda. Qishloq meri Mohir Shodiya o‘z tasarrufidagi mashhur fuqaro bilan faxrlanadi: «Saloh tufayli qishlog‘imiz butun dunyoga tanildi. U muntazam ravishda xayriya tadbirlariga mablag‘ ajratadi. Bizga bahosi millionlarga teng bo‘lgan maktabni sovg‘a qildi.

Baziundagi shifoxona xodimlari va fuqarolar ventilyasiya xonasi, preparatlar va tez yordam mashinasi uchun minnatdorlar». Muhammadning yurish-turishi, xulq-odobidan qishloqdagilarning yoshu-qarisi bag‘oyat mamnun.

Hujumchining o‘z yurtidagi obro‘-e’tiboridan xabardor bo‘lish uchun Nagrigga tashrif buyurgan Xitoyning «Sinxua» agentligi jurnalistlari bunga shaxsan guvoh bo‘lishdi: Saloh mahalliy bolakaylar va ularning ota-onalari uchun - etalon!

Uni barchaga ibrat qilib ko‘rsatishadi, unga bo‘lgan hurmat yuzasidan sport telekanalini tomosha qilishadi, bolajonlar faqat uning ism-sharifi tushirilgan liboslarni kiyishadi.

8 yoshli Saloh uyida Play Stationda Xyuypya, Karrager va Jerrard bilan «Liverpul» sharafini himoya qilardi. Oradan 17 yil o‘tgach, u bolalik orzusini ro‘yobga chiqargan holda chinakam «Liverpul» safida to‘p surmoqda.

So‘l qanot himoyasida

Yulduzlik maqomiga Saloh o‘ng qanot yarim himoyachisi pozisiyasidagi shiddatli hujumlari evaziga erishdi. Biroq raqib darvozasiga yaqinroq chiziqqa o‘tishi oson bo‘lmadi

. Boisi, bundan 10 yil avval barcha jamoalar qatori Salohning «Al-Mokavlun» yoshlari ham o‘sha davrda Afrika qiroliga aylangan Misr terma jamoasidan ibrat olishgan va 3-5-2 sxemasida to‘p surishardi.

Muhammad o‘z jamoasida asosan chap qanot va markaziy himoyachi rolini bajarardi. «Bir payt­lari shogirdlarim asosiy raqobatchi jamoaga qarshi o‘ta og‘ir uchrashuvni o‘tkazishgandi. Ana shu bahsda 4:0 hisobida zafar quchgandik. Yechinish xonasida barcha o‘yinchilar g‘alabani nishonlashga kirishdilar. Birgina Muhammad xursandchilikka qo‘shilmasdi.

Aksincha, u yig‘lab o‘tirardi. Ke­yinchalik bilsak, u shunday muhim bellashuvda gol urolmaganidan qattiq ranjigan ekan. Vaholanki, Saloh o‘yin paytida hammadan ko‘proq ter to‘kkan, himoyadan hujum chizig‘iga yetib kelish maqsadida uzoq masofani bosib o‘tgandi. Ana shu voqeadan keyin Muhammadda gol urishga juda katta ishtiyoq borligiga amin bo‘lganman», - deydi U-16 jamoasi ustozi Said al Shoshoniy.

Shu voqeadan so‘ng murabbiy Salohni oldingi chiziqda sinab ko‘ra boshladi. Shogirdi esa U-16 va U-17 jamoalari safida 35ta gol urish bilan javob qaytardi.

Keyinchalik al Shomoniy o‘z kasb­doshi Muhammad Razvan bilan hamkorlikda Saloh uchun alohida mashg‘ulotlar dasturini ishlab chiqdi. Chunki Muhammad to‘pni ortiqcha ushlab qolar, uni qabul qilishda ham kamchiliklari ko‘p edi.

Bu salbiy jihatlar hujum sur’ati va sifatini tushirib yuborardi. Sekin-asta Salohning texnik mahorati oshib, to‘p bilan yugurish tezligi jadallashdi. Shunga qaramay, ayrim kamchiliklari hatto «Bazel»ga o‘tganida ham bartaraf etilmagandi.

«Muvaffaqiyatli mavsumdan so‘ng men uni va jamoa sardorini huzurimga chaqirib, Yevropa sahnasiga chiqish payti kelganligini aytdim. Saloh yana bir yil yetakchi rolida o‘ynash istagini bildirdi», - deya eslaydi «Al-Mokavlun» bosh murabbiyi Muhammad Razvan.

Biroq Port-Saidda yuz bergan fojia tufayli Misr chempionati to‘xtatildi, qahramonimiz mamlakat yoshlar terma jamoasida to‘p surish bilan kifoya­landi.

Keyinchalik AMK turniriga tayyorgarlik ko‘rayotgan Misr termasi tarkibida Muhammad Saloh ham Shveysariyadagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Jumladan, DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:00, 23.12.2017.
O'qildi: 5500 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.