Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

O‘FF tomonidan o‘tkazilayotgan “Kelajak umidlari” tadbiri davom etmoqda

O‘FF tomonidan o‘tkazilayotgan “Kelajak umidlari” tadbiri davom etmoqda

Baho:
+ | -

Mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, joylarda bolalar va o‘smirlar orasida futbolni yanada ommalashtirish borasida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Toshkent shahridagi har bir tumanda joylashgan maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash internatlaridagi tarbiyalanuvchilarni yangi yil bilan tabriklash va ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘alarini topshirish maqsadida, joriy yilning 25 dekabridan boshlab “Kelajak umidlari” tadbiri boshlangani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Mazkur tadbirda maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchilari hamda maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida futbol va turli sport musobaqalari o‘tkazilyapti. Kelajagimiz umidlari bo‘lgan bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi sifatida to‘plar va sport formalari, shuningdek, Faxriy yorliqlar topshirilmoqda.

Bugun bunday tadbirlar Toshkent shahridagi quyidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tkazilmoqda:

Yakkasaroy tumanidagi 249 va 300-MTM; 
Shayxontohur tumanidagi 171, 197 va 588-MTM;
Yashnabod tumanidagi 149, 557 va 558-MTM
Yunusobod tumanidagi 301, 307, 206 va 191-MTM
Sergeli tumanidagi 566 va 599- MTM

Peshindan keyin tumanlardagi maktablarda ham bunday tadbirlar davom ettiriladi. Tadbirda O‘zbekiston futbol federasiyasi mas’ullari, "Lokomotiv", "Paxtakor", "Bunyodkor" klublarining taniqli futbolchilar va OAV vakillari ishtirok etmoqda.

Bu loyiha yil davomida butun respublika bo‘ylab davom etadi. Respublikamizdagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yosh bolakaylar muntazam ravishda mana shunday musobaqalarga jalb qilinib, rag‘batlantirilib boriladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 12:48, 26.12.2017.
O'qildi: 1399 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.