Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

2018 yilgi mavsum reglamenti. Klublar oldiga qo‘yiladigan asosiy talablar

2018 yilgi mavsum reglamenti. Klublar oldiga qo‘yiladigan asosiy talablar

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsum reglamentini tasdiqlagani haqida kecha xabar berib o‘tgandik.

Reglamentda birinchi navbatda yangi mavsumda klublar oldiga qo‘yiladigan talablar ko‘rsatib o‘tilgan.

Jumladan, Superliga va Pro-ligada ishtirok etuvchi klublar

-O‘FF va PFL tomonidan chiqariladigan Qarorlarga bo‘ysunishi;

-FIFA tomonidan tan oligan xalqaro sertifikati bor murabbiylarga ega bo‘lishi;

- Tegishli talablarga javob beradigan stadionga ega bo‘lishi (Superliga klublari uchun kamida 5 000 o‘rindiqli, Pro-liga jamoalari uchun kamida 3 ming o‘rindiqli) hamda bu stadionlardagi yoritish tizimi kamida 1200 lyuks bo‘lishi;

-Mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun talabga javob beradigan futbol maydonlari, trenajyor zallari, o‘quv xonalari, futbolchilar uchun yotoqxonalar va ovqatlanish xonasiga ega bo‘lishi;

-O‘z tizimida kamida 100 nafar tarbiyalanuvchisi bo‘lgan, barcha shart-sharoitlar bilan ta’minlangan futbol maktabi (akademiya)ga ega bo‘lishi (Superliga jamoalariga tegishli). Pro-liga klublari o‘z maktabi yo‘q bo‘lgan taqdirda, boshqa Futbol maktablari bilan uzoq yillik hamkorlik bo‘yicha shartnomaga ega bo‘lishi (Bu holatda Pro-liga klublariga Superliga klublari qoshidagi futbol maktablari bilan shartnoma tuzish ta’qiqlanadi);

-O‘z tizimida ayollar, futzal jamoalariga ega bo‘lishi (Superliga jamoalariga tegishli);

-Transport vositalari, jumladan, kamida 25 o‘rindiqli avtobusga ega bo‘lishi, shuningdek, zarur ofis jihozlari va texnikasi mavjud bo‘lishi;

-O‘z matbuot xizmati va veb-sayti bo‘lishi shart etib belgilangan.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 12:18, 30.12.2017.
O'qildi: 4746 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик