Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

Ravshan Haydarov: “Osiyo chempionatiga katta maqsadlar bilan yo‘l olayapmiz”

Ravshan Haydarov: “Osiyo chempionatiga katta maqsadlar bilan yo‘l olayapmiz”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘FF anjumanlar zalida U-23 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi hamda terma jamoa futbolchilari ishtirokida OAV vakillari bilan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Avvalroq xabar berilganidek, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 5 yanvar kuni ushbu Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Xitoyga jo‘nab ketadi. Terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov musobaqaga jo‘nab ketish oldidan terma jamoa yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani va Xitoyga yaxshi kayfiyatda yo‘l olayotganini ta’kidladi.

"Osiyo chempionatiga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rdik. Ayni damda terma jamoaga eng munosib hamda kuchli 23 nafar futbolchini jalb etdik. Osiyo chempionatida faqat yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qilamiz. Terma jamoaga sharoit yaratib bergan, mashg‘ulotlar va xorij yig‘inlarini tashkil etgan O‘zbekiston Futbol Federasiyasi rahbariyatiga katta rahmat. Biz oldimizga katta vazifa va maqsadlar qo‘yganmiz. Osiyo chempionatiga faqat g‘alaba va chempionlik uchun yo‘l olayapmiz", - deydi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi.

“Biz turnirda munosib tarzda ishtirok etishni etishni maqsad qilganmiz. Boisi, bungacha o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari Osiyo chempionatiga yo‘llanma olisha olmadi. Bu esa, bizga ikki karra mas’uliyat yuklaydi. Buni barcha his qilmoqda”.

“Tailanddagi turnir biz uchun juda ham foydali bo‘ldi. U yerda nafaqat natija, balki taktik va uslubiy jihatdan ham ancha muvaffaqiyatga erishdik. Turnir davomida turli taktik usullarni amalda sinadik. Ancha foydali va har tomonlama kerakli turnirda ishtirok eta oldik deb o‘ylayman”, - dedi Haydarov.

“Xitoyga uchib ketish oldidan Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdik. Qolaversa, Qarshida “Nasaf” bilan ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdik va buning uchun ushbu uchrashuvlarni o‘tkazishda bizga labbay deb javob bergan “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyevga katta tashakkur. Ushbu uchrashuvlardan so‘ng tarkib borasida bir to‘xtamga keldik va tarkibni tanladik”.

Ushbu matbuot anjumanida ishtirok etgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi futbolchilari ham musobaqa oldidan o‘z fikrlarini bildirishdi.

Zabihillo O‘rinboyev (O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi sardori):“Turnirda yaxshi ishtirok etib, barchani xursand qilishga harakat qilamiz. Musobaqaga faqat g‘alaba uchun yo‘l olamiz”.

Javohir Siddiqov (YArim himoyachi): “Aytishim mumkin, biz rasmiy musobaqalarda ishtirok etadigan yagona terma jamoa hisoblanamiz. Bu biroz yoqimsiz bo‘lsa ham, haqiqat. Bu esa, bizga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. Biz ham muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilamiz. Turnirda faqat chempionlik uchun kurashamiz”.

Doston Hamdamov: (Hujumchi): “Ushbu musobaqada munosib ishtirok etishni va yurtimizga yaxshi natijalar bilan qaytishni maqsad qilganmiz. Barchaning e’tibori bizda va biz ham shunga yarasha muxlislarni xursand qilishni istaymiz”.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 11:37, 30.12.2017.
O'qildi: 1313 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.