Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

Ijoddan to‘xtamang sira (yangi yil hazillari)

Ijoddan to‘xtamang sira (yangi yil hazillari)

Baho:
+ | -

Tahririyatimizga Jizzaxdan kelgan maktubda bayon etilishicha, ashaddiy va jonkuyar futbol muxlisi Bahrom Siddiqov yaqinda qutlug‘ 80 yoshini qarshilaydi. Mahalliy muxlislar otaxoni, sport faxriysi vaqtida «So‘g‘diyona» jamoasida ishlagan va chempionatimizning bronza medali sovrindori bo‘lgan. Bahrom otaning «Jonu-dilimsan futbol» nomli kitobidan qancha-qancha muxlislar bahra olishgan. U kishi ayni payt Jizzax futboli tarixi haqida risola yozmoqda. Umuman, jizzaxliklar Bahrom Siddiqovning viloyat futboli rivoji yo‘lidagi xizmatlarini yuksak baholab, alohida qadrlaydilar. Yubiley bahona tinib-tinchimas Bahrom otani muxlislar va tahririyatimiz nomidan qizg‘in qutlab, u kishiga sog‘lik-salomatlik, uzoq umr va ijodiy parvozlar tilaymiz. Ijodlaridan quyidagi parchalar esa gazetamiz o‘quvchilariga armug‘on...

Darvozabon Aleksandr Lobanovga

Yangi mavsum boshlansa,

Darvozangga qulf ilgin.

Lev Yashindek «qoplon»ni,

O‘zingga ustoz bilgin.

 

Himoyachi Vitaliy Denisovga

Raqiblarni sol qiynoqqa,

O‘tib bo‘lmas dovonim.

Yashil maydon quchog‘ida,

Bo‘l, mashhuri zamonim.

 

Yarim himoyachi Server Jeparovga

Sen bo‘lmasang maydonda,

Burchak to‘pin kim tepar?

Iqtidorli yoshlar kammi,

Qani ayt, Server Jepar?

 

Hujumchi Igor Sergeevga

Ko‘rsat uka, ukajon,

Hujumchiga xos o‘yin.

Toki Marat, Sasha ham,

Egsinlar, oldingda bo‘yin.

 

Murabbiy Samvel Babayanga

«Ozodi»yu, Chin yurtida,

Tepki olishga ko‘ndingiz.

Go‘zal Moskov hajrida,

Parvonadek kuydingiz.

 

Murabbiy Ro‘ziqul Berdiyevga

Iligi to‘q, yuragida o‘ti bor,

Murosasiz zo‘r jamoa tuzdingiz.

Qo‘sha-qo‘sha g‘alabalar bo‘lsa yor,

El-ulusga dadil boqar ko‘zingiz.

 

Sharhlovchi Eldor Mustafoyevga

Chala-chulpa jumlalar,

Bezayversa sharhingiz.

Didi baland ishqiboz,

Pasaytirar narxingiz.

 

Muxlis Bahrom Siddiqovga

Futbol ortidan jon bobo,

Ko‘p narsadan kechdingiz.

Hazil qilib bu oqshom,

Dil chigilin yechdingiz...

 

«Pul o‘lsin» - kulmang

Kimlarnidir o‘ylatib,

Yolg‘on-yashiq so‘ylatib.

O‘pqon nafsni qondirgan,

«Pul o‘lsin» - kulmang.

 

        Yo‘q qilib «Futbol sharhin»,

        Oshirib chipta narxin.

        Muxlis ko‘zin tindirgan,

        «Pul o‘lsin» - kulmang.

 

Yonar o‘tda kuymayin,

«Jang» qilishga qo‘ymayin.

Futbol shashtin so‘ndirgan,

«Pul o‘lsin» - kulmang.

 

        Bosh hakamni ko‘ndirib,

        Qo‘lga qushdek qo‘ndirib.

        Uch ochkoni undirgan,

        «Pul o‘lsin» - kulmang.

 

Hilpiratib bayroqni,

Farqlamay qora-oqni.

Hujum o‘tin so‘ndirgan,

«Pul o‘lsin» - kulmang.

 

        Dam bermayin hushtakka,

        Kech qoldirib gashtakka.

        Bahrom dilin yondirgan,

        «Pul o‘lsin» - kulmang.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:23, 31.12.2017.
O'qildi: 3379 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.