Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Jaloliddin Masharipov: «Odatda 12ta klub qatnashadigan ligada uchrashuvlar ancha keskin kechadi»

Jaloliddin Masharipov: «Odatda 12ta klub qatnashadigan ligada uchrashuvlar ancha keskin kechadi»

Baho:
+ | -

O‘zbekistonning professional futbol klublari o‘rtasidagi 2018 yil uchun futbol bo‘yicha musobaqalar reglamenti tasdiqlandi.

2018 yil uchun futbol bo‘yicha musobaqalar reglamentidagi talablar oldingi yillardagidan ancha o‘zgardi va takomillashtirildi. Ushbu o‘zgarishlar haqida mahoratli futbolchi Jaloliddin Masharipov ham o‘z fikrlarini bildirdi:

- Futbolchi sifatida menga doimo kuchli jamoalarga qarshi o‘ynash yoqadi. Kecha tasdiqlangan reglamentda super ligada 12 jamoa ishtirok etishi va ikki davradan keyin jamoalar ikki guruhga bo‘lingan holda musobaqani davom ettirishini bilib oldik. O‘zi 12 klub qatnashadigan ligada uchrashuvlar ancha keskin kechadi. Ikkinchi bosqichda esa har turda juda qiziqarli o‘tadigan uchrashuvlar futbolchilar saviyasi ortishiga xizmat qilishi tabiiy. Har bir o‘yinchi shunday bellashuvlarda ko‘proq maydonga tushishni istaydi.

Futbolchilar va jamoalarning intizomiga e’tibor oshgan. Bu o‘yin davomida o‘zimizni tartibli tutishimizni ta’minlash uchun qaratilgan maqsad. Uchrashuvlarni o‘tkazish uchun sharoitlarni yaxshilash bizga chiroyliroq o‘yin ko‘rsatishda yordam berishiga ishonaman.

Shuningdek, O‘FF hamda PFL tomonidan ishlab chiqilgan normativlar futbolchilarning jismoniy holatlarini mavsumda yaxshi sport formasida bo‘lishini ta’minlaydi va bu biz uchun albatta foydali. Normativlar futbolchilar uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi, shunchaki uni topshirishlari uchun, natija yaxshi bo‘lishi harakat qilish kerak. Biz mavsum davomida ushbu testlardan doim o‘tamiz va biz uchun normal holat.  O‘ylaymanki, bu biz uchun faqat foyda beradi, - dedi Masharipov. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 15:40, 31.12.2017.
O'qildi: 2952 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.