Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

2018 yilgi mavsum reglamenti. Marketing, tijoriy huquqlar va merchendayzing haqida

2018 yilgi mavsum reglamenti. Marketing, tijoriy huquqlar va merchendayzing haqida

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

2018 mavsum reglamentida marketing va tijoriy huquqlar, shuningdek, translyasiyalar huquqi haqida ham alohida bandlar mavjud.

Jumladan, O‘FF va PFL o‘z yurisdiksiyasi ostida o‘tkaziladigan futbol musobaqalari va tadbirlardagi barcha huquqlar egasi hisoblanadi. Bu huquqlarga moliyaviy, tijoriy, marketing, reklama, barcha shakldagi audiovizual va radio yozuvlarga tegishli huquqlar, shuningdek, intellektual mulk hisoblangan emblema va ramzlardagi mualliflik huquqlari kiradi.

O‘FF va PFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarning teletranslyasiya huquqini qo‘lga kiritgan telekanallar Superliga uchrashuvlarining yuqori sifatli translyasiyasini ta’minlashlari mumkin. Tasvirga olish ishlari kamida 6ta kamera, shu jumladan, sekinlashtirilgan tasvirlarni namoyish qila oladigan kamera orqali amalga oshirilishi kerak. Translyasiya huquqini qo‘lga kiritgan telekanallar mavsum davomida birgalikda Superliganing kamida 60% uchrashuvlarini translyasiya qilishga majburlar.

Translyasiya huquqini qo‘lga kiritgan telekanallar Superliganing titul/rasmiy homiylari va hamkorlarining reklama roliklarini namoyish qilib borishlari shart. Reklama roliklarini joylashtirish tartibi Tijoriy reglament asosida belgilanadi. Tijoriy reglamentga Superliganing barcha klublari amal qilishlari shart.

Merchendayzing

Futbol klublari merchendayzing mahsulotlarini (klub atributikalaridan foydalanilgan suvenir mahsulotlar) ishlab chiqarish huquqiga egalar. Ishlab chiqarishdan oldin mahsulotlar eskizlari va dizayni PFL marketing bo‘limiga taqdim etilishi va tasdiqlanishi zarur.

Futbol klublari o‘z stadionlarida merchendayzing mahsulotlarini sotuvchi kamida bitta savdo shahobchasini tashkil qilishga majburlar.

Futbol klublari o‘z uy stadionlaridagi uchrashuvlar chiptalarining sotuvidan tushgan mablag‘ning 2 foizini har yili PFL hisobiga o‘tkazib borishlari shart.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 18:10, 02.01.2018.
O'qildi: 1825 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.