Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Musobaqalar reglamenti – 2018: Intizom va jarima sanksiyalari

Musobaqalar reglamenti – 2018: Intizom va jarima sanksiyalari

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ushbu mavsumdan boshlab, Superliga hamda Pro-Liga klublariga nisbatan ko‘riladigan intizomiy hamda jarima sanksiyalari o‘zgartirildi. Endilikda, klub, klub rasmiylari va boshqalarga qo‘llaniladigan intizomiy va jarima choralari biroz o‘zgardi.

Sanksiyalar xarakteri hamda summasi O‘FF Tarti-intizom Qo‘mitasi tomonidan uning jiddiylik hamda yumshatuvchi omillari hisobga olingan holda belgilanadi. Jarima sanksiyalari qo‘shilib, umumiy hisoblanishi mumkin.

Klub (stadion)larga nisbatan qo‘llaniladigan sanksiyalar:

a) ogohlantirish;

b) uchrashuvni muxlislarsiz o‘tkazish;

v) stadionni diskvalifikasiya qilish;

g) uchrashuvni neytral stadionda o‘tkazish (boshqa shaharda);

d) uchrashuvni qayta o‘tkazish;

YE) uchrashuv hisobini bekor qilish;

j) texnik mag‘lubiyat; 

z) moddiy jarima 500 000 000 so‘mgacha;

i) yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat bermaslik; 

k) ochkolar olib tashlanishi;

l) musobaqa ishtirokchilari safidan chiqarilishi. Ushbu sanksiyalar quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:

5.2. Maydondan beruxsat chiqib ketish, uchrashuv o‘tkazishdan bosh tortish:

     texnik mag‘lubiyat;      pul jarimasi.

5.3. Uchrashuvga tashrif buyurmaslik:

     texnik mag‘lubiyat;      pul jarimasi;

Shuningdek, klub rahbarlari, rasmiylar va futbolchilarning uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida hamda uchrashuvdan keyingi noetik, sportchilarga hos bo‘lmagan hatti-harakatlari uchun;

Hakamlar, nazoratchi, PFL komisssari, mehmon jamoa hamda uchrashuvning boshqa rasmiylarini kutib olish hamda kuzatishda Reglament talablarini bajarmasa;

Musobaqalar reglamenti asosida klublar hamda stadionlarga qo‘yilgan har qanday talablar bajarilmasa, ularga nisbatan shuningdek, 500 000 000 so‘mgacha jarima qo‘llanilishi mumkin.

Rasmiy shaxslar, klub (jamoa) rahbarlari hamda klubning boshqa xodimlariga nisbatan qo‘llaniladigan intizom va jarima sansiyalari:

a) ogohlantirish;

b) O‘zbekiston Chempionati, O‘zbekiston Birinchiligi hamda O‘zbekiston Kubogi uchrashuvlarini o‘tkazish bilan bog‘liq rasmiy majburiyatlaridan diskvalifikasiya qilish yoki ma’lum muddatga chetlatish;

v) 500 000 000 so‘mgacha moddiy jarima;

g) murabbiydan lisenziyasini olib qo‘yish;

d) har qanday turdagi futbol faoliyatidan ma’lum muddatga chetlatish.

Ushbu sanksiyalar uchrashuvdan oldin, uchrashuv vaqtida yoki uchrashuvdan keyingi har qanday noetik va sportchilarga hos bo‘lmagan hatti-harakatlar, musobaqa o‘tkazish hamda lisenziya bo‘yicha talablar qo‘pol ravishda buzilsa va shu kabi boshqa holatlarda qo‘llaniladi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 18:20, 02.01.2018.
O'qildi: 1678 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.