Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

FIFA reytingida yil yakuni bilan bog‘liqlik bormi?

FIFA reytingida yil yakuni bilan bog‘liqlik bormi?

Baho:
+ | -

2017 yili eng katta o‘sishga erishgan terma jamoalar - Daniya, Shvesiya va Boliviya. FIFA rasmiy saytida e’lon qilingan yangi reytingga qarasak shunday.

Bu 3ta milliy jamoaning reyting masalasidagi o‘sishiga e’tibor qarating: Daniya - 46-o‘rindan 12-o‘ringa (+38 pog‘ona), Shvesiya - 41-o‘rindan 18-o‘ringa (+23 pog‘ona) va Boliviya - 95-o‘rindan 49-o‘ringa (+46 pog‘ona). Umumiy holatni olsak, dekabr oyi davomida o‘rtoqlik o‘yinlari ham kuzatilmadi, hisob.

Shunga muvofiq, FIFA reytingida katta o‘zgarish bo‘lishini kutish noo‘rin edi. Demak, 21 dekabr kuni e’lon qilingan jahon reytingida dastlabki 35talik avvalgi holatida qoldi.

Faqat Yaponiya termasi 23 ochko yo‘qotganiyu, Xitoy milliy jamoasi 63 ochkoga «kambag‘allashgani»ni aytish joiz. O‘zbekiston terma jamoasi esa kutilmaganda, 2 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi - 78-o‘rin (OFK miqyosida 9-o‘rin).

*** O‘zbekiston milliy jamoasi 2017 yil davomida FIFA reytingida quyidagi pog‘onalarni band etdi: yanvar - 61-o‘rin; fevral - 63-o‘rin; mart - 63-o‘rin; aprel - 60-o‘rin; may - 60-o‘rin; iyun - 62-o‘rin; iyul - 65-o‘rin; avgust - 64-o‘rin; sentyabr - 69-o‘rin; oktyabr - 76-o‘rin; noyabr - 80-o‘rin; dekabr - 78-o‘rin.

*** Termamiz yil davomida 8ta o‘yin o‘tkazib, 2ta g‘alaba, 2ta durang va 4ta mag‘lubiyat qayd etdi. Aytgancha, jamoamiz so‘nggi marta 2010 yili bundan kamroq o‘yin (atigi 7ta)da maydonga tushgan va hattoki, 109-o‘ringa tushib ketgandi. 2016 yilning dekabr oyida FIFA reytingida 563 ochkoga ega edik. Hozir esa 441 ochko qoldi, demak, bir yil ichida 122 ball yo‘qotdik.

*** Osiyo yoxud OFK yetakchisi Eron termasi yil davomida 29-o‘rindan 32-qatorga tushdi.

*** 1998 yilning noyabrida jahon bo‘yicha 27-o‘ringa ko‘tarilgan Saudiya Arabistoni termasi (jamoaning tarixiy natijasi) 63-qatordan joy oldi, garchi bu yil nihoyat, JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsada.

*** Oy yakunlariga ko‘ra, OFK miqyosida o‘rinlar bo‘yicha eng yaxshi o‘sishni Vyetnam (Q13 o‘rin), Mo‘g‘uliston (Q12) va Myanma (Q10) termalari qayd etdi. Ochkolar bo‘yicha qarasak, bu uchlik tartibi biroz o‘zgaradi: Mo‘g‘uliston, Vyetnam, Myanma.

*** KXDR, Xitoy va Indoneziya - bu jamoalar Osiyoda o‘rinlar bo‘yicha eng shiddatli qulashga duch keldi. Ochko yo‘qotish masalasida «etakchi» uchlik quyidagi ko‘rinishda - Xitoy, KXDR, Yaponiya.

*** Yon qo‘shnilarimiz (Turkmaniston - 114-o‘rin, Qirg‘iziston - 115-o‘rin, Tojikiston - 126-o‘rin, Qozog‘iston - 137-o‘rin va Afg‘oniston - 148-o‘rin) jamoalaridan hech biri kuchli 100talikka yaqinlasholmadi. Vaholanki, DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:51, 04.01.2018.
O'qildi: 4217 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик