Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Umid Ahmadjonov: «Xalqimiz futboldagi katta g‘alabalarni kutmoqda»

Umid Ahmadjonov: «Xalqimiz futboldagi katta g‘alabalarni kutmoqda»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Bugun Toshkent shahridagi "Miran" mehmonxonasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov, federasiya mas’ullari, murabbiylar, futbolchilar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov murabbiy va futbolchilarga murojaat qilar ekan, jumladan, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Yangi yildagi ilk nufuzli musobaqa arafasida turibsizlar. Bu musobaqada Sizlardan faqat va faqat g‘alaba kutib qolamiz. Milliy terma jamoamiz Jahon chempionatiga chiqa olmagach, xalqning futboldan ko‘ngli bir oz sovudi. Endi yana muxlislarni futbolga qiziqtirish, o‘zbek futboliga nisbatan bo‘lgan mehrni qaytarish kerak. Buni Sizlar amalga oshirasizlar. Xalqimiz futboldagi katta g‘alabalarni kutmoqda.

Sizlar uchun qanday shart-sharoit kerak bo‘lsa, barchasini muhayo qilib beramiz. Hozirda Prezidentimiz muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning o‘zbek futbolini rivojlantirish to‘g‘risidagi Qarorlari tayyorlanmoqda. Yaqinda ushbu qarorga imzo qo‘yiladi. Mazkur Qaror yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqish, o‘zbek futboli saviyasini oshirish uchun katta turtki bo‘ladi.

Shuni unutmangki, ortingizda Prezidentimiz turibdilar, butun o‘zbek xalqi turibdi. Umid qilib qolamizki, Siz o‘zingizning chiroyli o‘yinlaringiz orqali bizlarni, butun o‘zbek xalqini xursand qilasizlar", dedi Umid Ahmadjonov.

O‘z o‘rnida terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ham so‘zga chiqib, federasiya tomonidan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zolari uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar, o‘quv yig‘in mashg‘ulotlari uchun minnatdorchilik bildirib, futbolchilar va murabbiylar xalqning ishonchini oqlash uchun bor imkoniyatlarini ishga solishlariga va’da berib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Olimpiya terma jamoamiz bugun tunda Xitoyga uchib ketishadi. Vakillarimiz Osiyo chempionatidagi ishtiroklarini 9 yanvar kuni Qatar terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 20:10, 04.01.2018.
O'qildi: 5163 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.