Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov 5 yanvar kuni Jizzax viloyat FFdagi umumiy holat bilan tanishadi

O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov 5 yanvar kuni Jizzax viloyat FFdagi umumiy holat bilan tanishadi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, yangi mavsumdan boshlab milliy chempionatimizda ishtirok etadigan futbol klublarining professionallik darajasini oshirish uchun klublar oldiga jiddiy talablar qo‘yilmoqda.

Ushbu talablarni bajarish uchun 1 fevralga qadar muhlat berilgan bo‘lib, talablarni bajarmagan klublar milliy chempionatda ishtirok eta olmaydi.

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan viloyatlardagi holat doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.

Ertaga 5 yanvar kuni O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov maxsus ishchi guruh bilan birgalikda, Jizzax viloyati Futbol federasiyasidagi umumiy holatni o‘rganish uchun Jizzax shahriga tashrif buyuradi.

Ular Jizzax viloyatida federasiya tomonidan qo‘yilgan talablarni bajarish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishishadi.

Hududlarni o‘rganish jarayonida quyidagi jihatlarga alohida ahamiyat qaratiladi:

-hududiy bolalar va o‘smirlar futbol maktablari va futbol klublarining infratuzilmalari, u yerdagi shart-sharoitlar;
-ayollar futboli va mini futbol rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
-moliyaviy va kadrlar bo‘yicha masalalar;
-musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar;
-murabbiylarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;
-OAV va jamoatchilik, shu jumladan, muxlislar bilan ishlash jarayoni.

Jizzax viloyatidagi umumiy ahvol o‘rganilgach tegishli xulosalar qilinadi. Shaxsan Futbol federasiyasi prezidenti tomonidan bunday tekshiruvlar barcha viloyatlar bo‘ylab o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 22:06, 04.01.2018.
O'qildi: 2190 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик