“Yuventus” klubi hujumchisi Paulo Dibalanining kechagi o‘yinda olgan jarohati tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, argentinilik futbolchi “Kalyari”ga qarshi safar uchrashuvi (0:1) da sonidan jarohat maydonni tark etgandi.
Tuttosport nashrining xabariga ko‘ra, Dibala bir oy futbol o‘ynay olmaydi.
U tez orada ko‘rikdan o‘tadi va qancha muddatga safdan chiqqani haqida aniq ma’lumotlar taqdim etiladi.