Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Neftchi»ni Murod Ismoilov boshqaradimi?

«Neftchi»ni Murod Ismoilov boshqaradimi?

Baho:
+1 | -

Shu kunlarda Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida mashg‘ulotlarni olib bormoqda. Murabbiylar shtabidagi Murod Ismoilov, Sergey Lebedev hamda Bahrom Haydarov kabi tajribali mutaxassislar futbolchilar bilan ishlayotgan bo‘lsa, Bahodir Shamshiddinov darvozabonlarni shug‘ullantirmoqda. Kundalik asosiy jarayon shundan iborat sanaladi. Avval xabar berib o‘tganimizdek, qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari bir mahaldan o‘tkazilmoqda.

Bugun jamoaning joriy yildagi dastlabki uchrashuvi Quvasoyning “Sementchi” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi. Aytish kerakki, mazkur o‘rtoqlik o‘yini xar ikkala jamoa uchun ham anchayin foydali sanaladi. “Neftchi” jamoasining mazkur o‘yindan asosiy ko‘zlagan maqsadi, jamoa ko‘rigida bo‘lib turgan bir qator farg‘onalik yosh futbolchilarni sinovdan o‘tkazish va qishki yig‘in chog‘ida futbolchilarga ko‘proq o‘yin amaliyoti taqdim etishdan iboratdir. Shuningdek, quvasoyliklar ham mazkur bellashuv orqali ko‘rikdagi yangi ijrochilarni ko‘zdan kechiradi. Bu “Neftchi” jamoasi uchun mazkur haftadagi yagona o‘yin emas. Shanba kuni farg‘onaliklarni viloyatining yana bir jamoasiga qarshi o‘yin kutmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi o‘rtoqlik o‘yini Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida soat 11:00da boshlanadi.  Derbiga marhabo!

“Neftchi” PFK matbuot xizmati

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 09:42, 09.01.2018.
O'qildi: 3404 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик