Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Ronaldu va Messidan so‘ng kimlarning davri boshlanadi? Xavi javob berdi

Ronaldu va Messidan so‘ng kimlarning davri boshlanadi? Xavi javob berdi

Baho:
+ | -

“Barselona” sobiq yarim himoyachisi Xavi kelajakda kimlar dunyoning yetakchi futbolchisi bo‘la olishini aytdi.

“Messi va Ronaldu davridan so‘ng Neymar yetakchilikni qo‘lga olishi mumkin. Braziliyada JCH-2018 finaliga yetib borish uchun imkoniyatlari yetarli. Neymar davri uch, to‘rt yil davom etadi. Shundan so‘ng, Mbappening vaqti keladi. Uning jismoniy holati yoshiga to‘g‘ri kelmaydi, shuning uchun u bemalol yetakchilikni qo‘lga olishi mumkin. Menimcha Neymarning o‘yin uslubi Messiga o‘xshab ketadi. Mbappeda iqtidoridan ko‘ra jismoniy imkoniyatlari yuqori. Iqtidorli futbolchilarda bu hislatlarning ikkisi ham mujassam bo‘lgan. Masalan, Maradona, Pele, Ronaldu, Messi, Neymar. Mbappeda iqtidor bor, uning o‘yin uslubi ko‘proq Anrini eslatib yuboradi. Kilian o‘yin jarayonini yaxshiroq tushunib olishi lozim. Uning qolgan o‘yinlarda qanday harakat qilishini kuzatmoqchiman. Hozircha Neymar undan kuchliroq”, -  dedi Xavi.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 19:16, 09.01.2018.
O'qildi: 21052 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик