Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekistonlik hakam OFK prezidenti e’tirofiga sazovor bo‘ldi

O‘zbekistonlik hakam OFK prezidenti e’tirofiga sazovor bo‘ldi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 2017 yilning 29 noyabr kuni Tayland poytaxti Bangkok shahrida Osiyoning eng yaxshilarini aniqlashga bag‘ishlangan AFC ANNUAL AWARDS 2017 marosimida hamyurtimiz, Plyaj futboli hakami Baxtiyor Namozov OFKning maxsus sovriniga loyiq deb topilgandi.

Malayziyada bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha seminarda OFK ana shu sovrinni hamyurtimiz Baxtiyor Namozovga topshirdi.

Baxtiyor Namozov 2017 yilning 27 aprel – 7 may kunlari Bagama orollarida bo‘lib o‘tgan Plyaj futboli bo‘yicha Jahon chempionatida qatnashgan bo‘lib, Braziliya va Taiti terma jamoalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan final uchrashuvini Bosh hakam sifatida boshqarib borgan.

Ta’kidlash joizki, shu paytga qadar plyaj futboli tarixida Jahon chempionati finallarida osiyolik hakamlar ishlamagan bo‘lib, Baxtiyor Namozov bu borada birinchi bo‘lgandi. Bu natijani OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-xalifa ham e’tirof etdi.

"Asosiy maqsadimiz qit’amiz futbolchilari va futbol mutasaddilarini jahon miqyosidagi musobaqalarda ishtirokini ta’minlash. Baxtiyor Namozovning Plyaj futboli bo‘yicha musobaqa finalida bosh hakam sifatida ishlagani Osiyo hakamlarining butun dunyodagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. Namozovning bu muvaffaqiyati nafaqat rasmiy shaxslarni, balki qit’amiz jamoalari va futbolchilarini ham Jahon arenalarida katta natijalarga erishish uchun intilishga undaydi va ularga ilhom baxsh etadi", - deydi Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa OFK rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Baxtiyor namozov 2009 yildan beri FIFA referisi sifatida faoliyat yuritmoqda. U 2015 yil bo‘lib o‘tgan Plyaj futboli bo‘yicha Osiyo chempionatida ham ishlagan bo‘lib, Ummon-YAponiya terma jamoalari o‘rtasidagi finalni boshqarib borgan.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 18:04, 10.01.2018.
O'qildi: 3316 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.