Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi narxiga uchta davlat terma jamoasini sotib olish mumkin

O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi narxiga uchta davlat terma jamoasini sotib olish mumkin

Baho:
+1 | -1

Futbolchilar transferlari haqida ma’lumot beruvchi transfermarkt.de portali terma jamoalar va futbolchilarning narxlari haqidagi ma’lumotlarni yangiladi. Biz sobiq ittifoq mamlakatlari terma jamoalarining narxlarini solishtirib ko‘rdik.

Rossiya – 158 million yevro

Rossiya terma jamoasining eng qimmat futbolchisi asli braziliyalik bo‘lgan Mario Fernandes Figeyra — 16 million.

Ukraina – 77,95 million yevro

Ukraina termasi deyarli 78 million yevro turadi. Jamoaning eng qimmat futbolchisi esa Andrey Yarmolenko — 25 million.

Armaniston – 42,78 million yevro

Armaniston termasining narxi 42 milliondan oshadi. Eng qimmat o‘yinchi Genrix Mxitaryan — 35 million yevro turadi.

Gruziya – 28,33 million yevro

Gruziya termasida eng qimmat futbolchi Valeriy Kazaishvili bo‘lib, uning narxi 2,5 million yevroga teng.

Qozog‘iston – 21,95 million yevro

Qozog‘iston termasidagi eng qimmat futbolchi Baurjan Islamxan hisoblanadi — 2 million yevro.

Belorussiya – 13,70 million yevro

Belorussiyaning eng qimmat futbolchisi Maksim Volodkoning narxi — 1,2 million yevro.

O‘zbekiston – 12,65 million yevro

O‘zbekiston terma jamoasining eng qimmat futbolchisi Odil Ahmedov 5,5 million yevro turadi. Uning narxiga birvarakayiga butun boshli Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston terma jamoalarini sotib olish mumkin.

Moldaviya — 10,23 million yevro

Moldaviya termasining narxi 10 million yevrodan oshadi. Eng qimmat o‘yinchi esa Aleksandru Yepuryanu — 3,75 million yevro.

Ozarbayjon – 9,55 million yevro

Ushbu terma jamoada eng qimmat futbolchi asli braziliyalik Richard Almeyda bo‘lib, uning narxi 1,5 million.

Litva – 8,88 million yevro

Litva – Boltiqbo‘yidagi eng qimmat terma jamoa. Jamoaning eng qimmat futbolchisi esa Fedor Chernix — 1,35 million yevro.

Latviya – 5,88 million yevro

Latviya termasida eng qimmat futbolchilar Davis Ikauniyeks va Kaspars Dubra —700 ming yevrodan.

Estoniya – 4,83 million yevro

Estoniya — Boltiqbo‘yidagi eng arzon terma jamoa. Tarkibdagi eng qimmat futbolchi Rauno Sappinen — 550 ming yevro.

Tojikiston — 1,75 million yevro

Tojikistonning eng qimmat o‘yinchilari Farhod Vosiyev, Davron Ergashev va Parviz Umarboyev bo‘lib, har biri 300 ming yevrodan baholanadi.

Qirg‘iziston – 1,53 million yevro

Qirg‘izistonning eng qimmat o‘yinchisi narxi 500 ming yevro bo‘lib, u Valeriy Kichin.

Turkmaniston – 1,18 million yevro

Butun boshli jamoaning narxi 1 million yevrodan salgina oshadi, eng qimmat o‘yinchi Ruslan Mingazov esa 700 ming yevro turadi.

 

Manba: sputnik
Kiritildi: 12:03, 11.01.2018.
O'qildi: 11956 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.