Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Zabihillo O‘rinboyev: «Xitoyga qarshi o‘yinda vaziyatni o‘nglashga harakat qilamiz»

Zabihillo O‘rinboyev: «Xitoyga qarshi o‘yinda vaziyatni o‘nglashga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi sardori Zabihillo O‘rinboyev Xitoyga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirar ekan, bo‘lajak o‘yinda vaziyatni o‘nglashga harakat qilinishini aytdi.  

“Qatarga qarshi kechgan o‘yindan keyin qiyin ahvolga tushib qoldik. Xitoy OTJ kuchli hisoblanadi va ammo biz shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik. Xitoyga qarshi o‘yinda vaziyatni o‘nglashga harakat qilamiz”, – dedi Zabihillo O‘rinboyev.

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ham ertangi o‘yindan avval o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Qatarga qarshi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Ammo yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda esa to‘p nazoratini yo‘qotib, qarshi hujumda gol o‘tkazib yubordik. Xitoy bilan o‘yinda yaxshi natijaga erishib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz”, – dedi Ravshan Haydarov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston OTJ – Xitoy OTJ uchrashuvi ergata, 12 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 13:00 da start oladi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 22:28, 11.01.2018.
O'qildi: 4195 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик