Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«So‘g‘diyona» yig‘inida yangi futbolchilar ko‘rikdan o‘tmoqda

«So‘g‘diyona» yig‘inida yangi futbolchilar ko‘rikdan o‘tmoqda

Baho:
+ | -

Hozirda Aleksandr Mochinov qo‘l ostida “So‘g‘diyona” futbolchilari navbatdagi mavsumga tayyorgarlikni Jizzaxda davom ettirishmoqda.

O‘tgan mavsumda O‘zbekiston kubogi uchrashuvlari doirasida “Orol” jamoasi safida “So‘g‘diyona”ga qarshi to‘p surgan hamda ushbu jamoaga bosh murabbiy bo‘lib ishlagan Temur Turdiyev endilikda Aleksandr Mochinovga yordamchi murabbiy vazifasini bajarmoqda. Mashg‘ulotlar zamonaviy va qiziqarli tarzda olib borilmoqda. Ertalabki mashg‘ulot futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan bo‘lsa, kechki mashg‘ulotda futbolchilar qo‘proq to‘p bilan mashqlar bajarishadi.

Ana edi yangi kelganlar haqida.

O‘tgan mavsumda “Metallurg” jamoasida mazmunli o‘yinlarni qo‘rsatgan Doniyor Odilov, Dilmurod Karimov, “Neftchi”dan Otabek Haydarov, “Obod”dan Obid Hakimov va Farxod Mirahmatov va yana bir qator futbolchilar mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqda. “Dinamo” jamoasidan kelib qo‘shilgan va "So‘g‘diyona" safida bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan Shohrux Xolmatov xorij klubidan taklif olganligi sababli jamoa lagerini tark etdi.

Yana bir muhim xabar! O‘tgan masumda esda qolarli harakatlari bilan jizzaxlik muxlislarni mehrini qozongan Ixtiyor Toshpo‘latov yana “So‘g‘diyona”da. Shuningdek, Shirinboy Abdullayev, Izzatilla Abdullayev, Sherzod Jalilov, Shohrux Dostonov, Azamat Isroilov, Elyor Orifov, Sardor Eminov, Sardor Qulmatov bilan shartnoma muddati uzaytirildi.

Mashg‘ulotlar hozircha Jizzaxda davom etmoqda. Belgilangan rejaga ko‘ra yig‘inning ikkinchi yarmi Toshkentda davom ettiriladi.Toshkentdagi yig‘in davomida bir qancha jamoalar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan hamda bir nechta futbolchilarning kelishi kutilmoqda. Ular haqida keyinroq rasmiy manbalarimiz orqali batafsil ma’lumot beramiz.

“So‘g‘diyona” matbuot xizmati

Manba: fcsogdiana.uz
Kiritildi: 21:36, 12.01.2018.
O'qildi: 3157 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик