Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

«Andijon» futbol klubining bayram tabrigi

«Andijon» futbol klubining bayram tabrigi

Baho:
+ | -

1992 yil 14 yanvar kuni mustaqil davlatimiz tarixida muhim tarixiy hujjatga imzo chekildi.

Shu kundan boshlab mamlakatimizda har yili «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni» bayrami ozod va erkin xalqimizning muqaddas bir bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Bosh Qomusimiz bo‘lgan Konstitusiyamizda mustaqilligimiz va tinchligimizni saqlash va himoya qilish masalalriga bag‘ishlangan «Mudofaa va xavfsizlik» bobining 125-moddasida: «O‘zbekiston Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikamizning davlat suvereniteti va hududiy yaxlidligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi» , deb yozib qo‘yilgan.

Vatanni sevish, ardoqlash, himoya qilish – har birimizning sharafli burchimizdir. Vatan himoyasi – muqaddas burch. Har yili Vatan himoyachilari bayrami arafasida bir-birlarini tabriklayotgan nafaqat harbiylar, balki yurtimizda faoliyat olib borayotgan boshqa kasb egalari, shuningdek o‘quvchi-talabalar, iqtisodchilar, injenerlar, agronomlar, sportchilar ham bir-birlarini shu aziz bayram bilan tabriklayotganida yuragimiz yorishib ketadi.

Barchamizning bugungidek tinch, xotirjam xayotimiz qurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda himoya qilinmoqdaki, mana shunday mas’uliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bo‘layotgan o‘g‘lonlarimizni har qancha e’zozlasak, ko‘kka ko‘tarsak, arziydi. Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. 

Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. Shunday ekan, Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog‘liq-salomatlik tilab qolamiz. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to‘liq bo‘lsin.

Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo‘lishi uchun har doimgidek o‘z kuch-g‘ayratingizni ayamang! Barchani Vatan ximoyachilari kuni bilan tabriklaymiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:26, 14.01.2018.
O'qildi: 3116 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик