Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Doston Tursunov: “CHorak finalda yanada yaxshiroq harakat qilamiz”

Doston Tursunov: “CHorak finalda yanada yaxshiroq harakat qilamiz”

Baho:
+ | -

Ummonga qarshi uchrashuvdan so‘ng uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan terma jamoa himoyachisi Doston Tursunov OFK vakillari savollariga javob berdi.

“Gol urganimdan albatta, baxtliman. Gol urib, jamoaga g‘alaba keltirish yoqimli. Chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritganimiz bizga yana kuch beradi. Endi keyingi uchrashuvga bundan ham jiddiyroq tayyorgarlik ko‘ramiz”, - dedi himoyachi.

-        Raqib bugun qanday taassurot qoldirdi?

-        Ummon yoshlar terma jamoasi bizga juda yoqdi. Jamoa bugun ajoyib o‘ynadi. To‘pni ushlab turish, tezkor hujumlar, umuman guruhdagi eng qiyin raqib aynan Ummon deya olaman.

-        Chorak finalda kim raqib bo‘lishini istaysiz? Masalan, Yaponiya hozir guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishi mumkin.

-        Chorak finalda kuchsiz jamoa bo‘lmaydi va bizga kim raqib bo‘lishidan qat’iy nazar biz faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz.

-        Bugungi uchrashuvda jamoadoshlaringizning o‘yinidan ko‘nglingiz to‘ldimi?

-        Biz bugungi uchrashuvda bir jamoa sifatida harakat qildik. G‘alaba jamoaniki. Jamoa qanday harakat qilgani haqida fikr bildirish biroz qiyin.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:33, 16.01.2018.
O'qildi: 3648 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.