Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Gap faqat Babayandamidi?

Gap faqat Babayandamidi?

Baho:
+1 | -

Har bir murabbiy erishgan natija o‘ziga yarasha, kimdadir yaxshiroq, kimdadir yomonroq, ammo birortasidan ko‘nglimiz to‘lib, rahmat aytganimiz yo‘q. Shu jumladan oxirgi bosh murabbiyimiz Samvel og‘ani eslaganimizda ham faqat yuzimiz burishadi va bolaxonador qilib so‘ka boshlaymiz.

Yodingizda bo‘lsa, boshida hammasi yaxshi ketayotgan, termamiz bu murabbiy boshchiligida qator g‘alabalarga erishayotgan, buyog‘i Hojiboy Tojiboyev aytganidek «O‘zbekiston shu yil jahon chempionatiga chiqib ketadiyov» deb o‘ylab qolgandik. Ko‘pchiligimiz o‘zimizcha Rossiyaga borishni, Messi yoki Ronaldu jamoasiga qarshi maydonga tushajak yigitlarimizga maza qilib muxlislik qilishni rejalashtirib yurgandik.

Hayhot, hammasi har doimgidek bo‘ldi, Babayan birinchi raqamli dushmanga aylandi, qilar ishni qildi-yu, shartta survordi. Bu orada futbolimizda rahbariyat almashdi.

Termamiz hanuz bosh murabbiysiz yurgan, biror mashg‘ulot o‘tkazmayotgan, umuman endi o‘sha biz bilgan terma jamoa bo‘ladimi, yo‘qmi, noaniq bo‘lib turgan, hamma yangi murabbiy masalasi tezroq hal bo‘lishini kutayotgan bir paytda chaqmoqdek xabar tarqaldi – Babayan futboldan chetlashtirilibdi!

Nima, oldin o‘rtadamidi? Birorta jamoaning Babayanga ko‘zi uchib turganmidi?

Balki uning iqtidori qaysidir jamoamizni bemalol boshqarishga yetar, lekin u qanday klubki, xalqning g‘azabiga uchragan shaxsni o‘ziga bosh qilib olib keladi?!

Noqonuniy ishlarda ayblanibdi, buning uchun chetlashtirish emas, javobgarlikka tortish kerak emasmidi? Eng qizig‘i, shuncha odam ishlagan klub va termada faqat Babayan «eb ketgan» ekanmi? Murabbiyning bir o‘zi shuncha noqonuniy ishlarga qodirmi? Nega o‘sha paytda, murabbiy ot ustida bo‘lgan yoki kimningdir qo‘llovida yurgan paytda ko‘rinmagan iqtisodiy jinoyatlar endi ko‘rinib qoldi? Eng qizig‘i – faqat Babayan javob berib (javob bersa hali), boshqalar qolib ketaveradimi?

Xullas, har doimgiday savollar bisyor – javoblar dushvor...

Manba: www.xabar.uz
Kiritildi: 16:47, 16.01.2018.
O'qildi: 9685 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.