Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Sillessen: "Barselona"ning asosiy darvozaboni bo‘lish uchun ko‘p ishlayapman"

Sillessen: "Barselona"ning asosiy darvozaboni bo‘lish uchun ko‘p ishlayapman"

Baho:
+ | -

"Barselona" darvozaboni Yasper Sillessen 2016 yilda kataloniyaliklar safiga kelib qo‘shilgan va shundan buyon Mark-Andre ter Shtegenning o‘rinbosari bo‘lib kelmoqda.

"Ispanchada yaxshi gapira boshlayapman, deyarli hamma gapni tushunaman. Haftada ikki marta ispan tili bilan shug‘ullanyapman.

"Barselona"da teng kuchga ega ikkita darvozabon bormi? Odamlar shunday desa menga yoqimli. Demak, yaxshi ishlayapman. Futbol - sportning jamoaviy turi, biz birgalikda chempion bo‘lmoqchimiz. Yakka holda maqsadga yetib bo‘lmaydi

Men ko‘p ishlayapman va "Barselona"ning asosoiy posboni bo‘lmoqchiman. BU yil Mark dunyoning eng yaxshi darvozabolaridan biri bo‘ldi, u emas men o‘ynashim kerak deyish - ahmoqlik bo‘ladi. Agar u saviyasini tushirib yuborsa, men o‘ynashim mumkin. Ammo u hozir juda kuchli, buni qabul qilaman. Ammo kurashda davom etaman", - deydi Silessen.

28 yoshli gollandiyalik bu mavsumda "Barselona"ning 5 ta rasmiy uchrashuvida darvoza qo‘riqladi va 1 ta gol o‘tkazdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 18:15, 16.01.2018.
O'qildi: 3378 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик