Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Belgiyalik mutaxassis Kris van Puyvelde O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashdi

Belgiyalik mutaxassis Kris van Puyvelde O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Belgiya futbol federasiyasida Texnik bo‘lim boshlig‘i Kris van Puyvelde hamda hamda "Anderlext" futbol klubining Skautlar bo‘limi boshlig‘i Bekir Tedek yanvar oyida yurtimizga tashrif buyurishi haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Bugun Kris van Puyvelde o‘z yordamchilari Bekir Tedek va O‘zkilich Kemal bilan birgalikda O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashib, O‘FF va Belgiya Futbol Federasiyasi o‘rtasidagi bolalar-o‘smirlar hamda ommaviy futbolni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha suhbat olib bordi.

Suhbat chohida O‘zbekistonda bolalar-o‘smirlar futbolini rivojlantirishning yangi modeli, rivojlantirish loyihasining 4 ta mintaqaga bo‘lib, ularga alohida xorijlik texnik direktorlarni jalb qilish, O‘zbekiston Futbol Federasiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi futbolning rivojlanishini monitoring qiladigan va buning uchun javob beradigan Texnik direktor tayinlash, bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish bo‘yicha Belgiya taraqqiyot modelini va tajribasini O‘zbekistonda tadbiq qilish, yurtimizdagi musobaqalar va futbol tadbirlarida skauting, ya’ni seleksiya ishlarini takomillashtirishda Belgiya va Yevropa mamlakatlari tizimini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistondagi iqtidorli va iste’dodli yosh futbolchilarni tanlab olib, Belgiya va Yevropa mamlakatlarining katta futbol akademiyalari va professional jamoalariga yuborish masalalari xususida so‘z bordi.

Belgiyalik mutaxassis 19 yanvarga qadar yurtimizda bo‘lib, bolalar futbolini rivojlantirish, murabbiylar tayyorlash, seleksiya bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishadi.

Shuningdek, Kris van Puyvelde "Paxtakor", "Lokomotiv", "Bunyodkor" stadionlariga tashrif buyurib, bu yerdagi infratuzilma, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishi rejalashtirilgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 12:20, 17.01.2018.
O'qildi: 5370 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик