Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Kris van Puyvelde bolalar futboli mutaxassislari uchun taqdimot o‘tkazdi

Kris van Puyvelde bolalar futboli mutaxassislari uchun taqdimot o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Belgiya futbol federasiyasi Texnik bo‘lim boshlig‘i Kris van Puyvelde bugun O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashib, yurtimizda bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish maslalari bo‘yicha suhbat o‘tkazgani haqida avval xabar bergandik.

Bugun kunning ikkinchi yarmida Kris van Puyvelde yurtimizdagi bolalar va o‘smirlar futboli bo‘yicha mutaxassislar uchun taqdimot o‘tkazdi.

Taqdimotda O‘FF mas’ul xodimlari, yurtimizda bolalar va o‘smirlar futboli bo‘yicha faoliyat olib borayotgan mutaxassislar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Kris van Puyvelde Belgiyada yig‘ilganlarga bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish bo‘yicha Belgiya taraqqiyot modelini va tajribasini O‘zbekistonda tadbiq qilish, yurtimizdagi musobaqalar va futbol tadbirlarida seleksiya ishlarini takomillashtirishda Belgiya va Yevropa mamlakatlari tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari haqida so‘z yuritdi.

Tadbir davomida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olishdi. Kris van Puyvelde "Paxtakor", "Lokomotiv", "Bunyodkor" stadionlariga tashrif buyurib, bu yerdagi infratuzilma, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishi rejalashtirilgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:55, 17.01.2018.
O'qildi: 1579 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик