Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

"Kelajagimiz umidlari" futbol festivali vodiydan boshlanadi

"Kelajagimiz umidlari" futbol festivali vodiydan boshlanadi

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan mamlakatimizda bolalar va o‘smirlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va futbolni ommalashtirish, iste’dodli bolalarni saralab olish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bolalar futboli murabbiylarini malakasini oshirish uchun xorijdan mutaxassislar taklif qilinyapti, turli yoshdagi bolalar o‘rtasida  futbol musobaqalari va festivallar tashkil etilmoqda.

2018 yilda butun respublika bo‘ylab 1000ga yaqin chempionatlar, birinchiliklar, Kubok bellashuvlari, musobaqalar va festivallar o‘tkazish rejalashtirilgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.  

“Kelajagimiz umidlari” deb nomlangan futbol festivali 18 yanvardan boshlab butun vodiy bo‘ylab start oladi. Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlaridan boshlanadigan ushbu festivalda har bir viloyatda 7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan 400 nafardan bolalar qatnashadi.

Aytish kerakki, “Kelajagimiz umidlari” festivali vodiydan boshlanib, butun respublika bo‘ylab davom etadi.  Festival davomida  ishtirokchilariga sovg‘a sifatida to‘plar, sport formalari taqdim qilinadi.

Quyida "Kelajagimiz umidlari" futbol festivali yanvar oyida qaysi hududlarda bo‘lib o‘tishi ko‘rsatilgan:

Andijon viloyati – 18-21 yanvar

Farg‘ona viloyati – 20-23 yanvar

Namangan viloyati – 20-23 yanvar

Xorazm viloyati – 27-30 yanvar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 28-31 yanvar

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 18:17, 17.01.2018.
O'qildi: 2015 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик