Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Superliga-2018 ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi!

Superliga-2018 ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi!

Baho:
+ | -1

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati — Oliy liga musobaqasi yangi mavsumdan boshlab “O‘zbekiston Superligasi”, Birinchi liga esa “O‘zbekiston PRO-ligasi” deb nomlanishi avval ma’lum qilingandi. Belgilanganidek, O‘zbekiston Superligasida jami 12ta Pro-ligada esa 16ta jamoa ishtirok etadi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan Superliga hamda Pro-ligada ishtirok etuvchi futbol klublar oldiga lisenziyalash bo‘yicha ma’lum talablar qo‘yilgan bo‘lib, ushbu talablarni bajargan klublar yangi mavsumda Superligada ishtirok etishi haqida hududiy futbol federasiyalariga rasman yetkazilgandi.

O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston futbol federasiyasi hamda Professional futbol ligasi tomonidan mazkur talablarni bajarilishi holatini o‘rganish yuzasidan Ishchi guruh tashkil etilib, 2017 yilning noyabr oyi oxiridan boshlab bugungi kungacha futbol klublari hamda uning infratuzilmasi o‘rnatilgan tartibda 3 marta o‘rganildi va tekshiruvdan o‘tdi. Tekshiruv jarayonida asosiy e’tibor futbol klublarining stadionlari holati, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar, ayollar va mini-futbol jamoalarining infratuzilmasi, futbol bazalaridagi umumiy holatga qaratildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan futbol klublari rahbariyati, hududiy futbol federasiyasi prezidentlariga rasmiy xat yo‘llandi. Shundan so‘ng o‘tkazilgan takroriy o‘rganishlar jarayonida Quvaysoyning “Sementchi” hamda Muborakning “Mash’al” klublari tomonidan Superligada ishtirok etuvchi futbol klublari oldiga qo‘yilgan talablar to‘liq bajarilmagani, mavjud muammo va kamchiliklar bartaraf etilmagani aniqlandi. Bunga ko‘ra, “Sementchi” futbol klubining o‘quv mashg‘ulot bazasi, yotoqxonasi ta’mirtalab ekanligi, shuningdek futbol klubi o‘zining futbol maktabiga ega emasligi, futbol klubining ayollar jamoasi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadion yangi mavsumga tayyor emasligi aniqlandi.

Bundan tashqari, “Mash’al” futbol klubining stadioni yangi mavsumga umuman tayyor emasligi, futbol klubining o‘quv-mashg‘ulotlar bazasi umuman talabga javob bermasligi, futbol klubi mini-futbol jamoasi infratuzilmasi yangi mavsumga tayyor emasligi, futbol klubining ayollar jamoasi uchun hududda umuman sharoit mavjud emasligi, futbol klubining futbol maktabi achinarli ahvoldaligi ma’lum bo‘ldi.

Qashqadaryo viloyatining bosh jamoasi “Nasaf” hisoblanib, viloyatning aksariyat muxlislari aynan “Nasaf”ga muxlislik qilishlari hech kimga sir emas.

Ularning o‘rniga garchi chempionatni quyi pog‘onada yakunlagan bo‘lsa ham, lisenziyalash bo‘yicha talablarga javob beradigan Farg‘onaning "Neftchi" hamda Jizzaxning "So‘g‘diyona" klublari Superliga-2018 ishtirokchilari qatoriga qo‘shildi. Mazkur futbol klublarining Superligada ishtirok etish uchun belgilangan talablarni yetarlicha bajarganligi inobatga olindi.

O‘zbekiston futbol federasiyasi Ishchi guruhi a’zolarining yakuniy xulosasi asosida O‘zbekiston futbol federasiyasi Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining 24 yanvardagi 4-sonli Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2018 yilgi mavsumda Superligada ishtirok etuvchi futbol klublari qo‘yidagi tarkibda tasdiqlandi:

1. “Lokomotiv”
2. “Nasaf”
3. “Bunyodkor”
4. “Paxtakor”
5. “Navbahor”
6. “Buxoro”
7. “Qo‘qon-1912”
8. “Olmaliq”
9. “Metallurg”
10. “Qizilqum”
11. “So‘g‘diyona”
12. “Neftchi”

O‘zbekiston futbol federasiyasining asosiy maqsadi Superliga hamda Pro-liga klublari saviyasi o‘rtasidagi farqni maksimal tarzda kamaytirish, milliy chempionat bahslarida faqat zamonaviy talablarga javob beradigan, raqobatbardosh bo‘lgan futbol klublarining ishtirokini ta’minlashdan iborat.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:11, 24.01.2018.
O'qildi: 13499 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.