Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Muxlislar “Neftchi”ni tabriklashdi

Muxlislar “Neftchi”ni tabriklashdi

Baho:
+ | -

Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi 2018-yilgi Super liga bahslarida ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi. Darhaqiqat, bu xabar jamoamiz va uning sodiq muxlislariga cheksiz quvonch bag‘shida etdi.  25 yanvar kuni ertalabdan farg‘onalik muxlislar “Neftchi” jamoasi futbolchilarini tabriklash uchun “Neftchi” SK stadioniga yetib kelishdi. Jamoa a’zolari mashg‘ulotlar maydonida ko‘rinish berishlari bilan haqiqiy bayram boshlandi.

Ishqibozlar do‘mbira va karnay-surnay sadolari ostida ularni qarshi olishdi hamda mashg‘ulotlarni to‘liq kuzatib borishdi. Jarayon yakunlangach, muxlislar futbolchilarni bu quvonchli voqea bilan tabriklashdi. Fursatdan foydalangan holda, muxlislarni suhbatga tortdik. Jamoaning ashaddiy muxlislaridan biri Saydullo Qirg‘izboyev quyidagicha fikrlarni bildirib o‘tdi.

– Birinchi o‘rinda, barcha “Neftchi” muxlislarini Super ligada ishtirok etishimiz bilan tabriklaymiz. Kecha oqshom bu xabarni matbuotda o‘qib juda ham xursand bo‘ldik. Ilk xayolimga kelgan fikr muxlislar bilan birlashib, “Neftchi” qarorgohiga borish hamda jamoa futbolchilarini tabriklashni reja qildik. Qiyin davrlarni boshdan o‘tkazgan futbolchilarga ruhiy dalda bo‘lish istagida mashg‘ulotlarga tashrif buyurdik. Muxlislar nomidan Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev hamda O‘FA vise-prezidenti Umid Ahmadjonovga katta rahmat aytamiz. Aynan ushbu rahbarlarimiz jamoamizni qo‘llab-quvvatlashdi. Yangi mavsumdan umidimiz katta hisoblanadi. Futbolchilarga shuni aytmoqchimanki, o‘tgan yilgi natijalarni unutgan holda, faqat olg‘a borishsin.

Biz xar doim “Neftchi” bilan birgamiz! Qiyin kunlarda ham g‘alabalarga boy damlarda ham ularni yonida bo‘lamiz,  – dedi Saydullo Qirg‘izboyev

Qudratillo Mahmudov – “Neftchi” shonli tarixga ega jamoa ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz. Ochig‘i, Farg‘ona ahli “Neftchi”ning taqdiridan juda havotirda edi. Nihoyat, biz kutgan kunlar yetib keldi. Hozir xursandchiligimni so‘z bilan ifodalay olmayman. Muxlislar klubi bilan birgalikda yangi mavsum uchun tayyorgarlik ishlarini bugundan boshlab yubordik. Yangi mavsumda “Istiqlol”dagi o‘yinlarda “Neftchi”ning haqiqiy 12-o‘yinchisiga aylanamiz va muvaffaqiyatlarda ularga hamrox bo‘lmoqchimiz.

Abdulaziz Abduvohidov – Ertalabdan “Neftchi” mashg‘ulotlariga keldik. Haqiqat ham futbolchilar bizning tashrifimizdan boshlari osmonga yetdi. Jamoa mashg‘ulotlarini bayramga aylantirdik. Bu albatta ularning kayfiyatini ko‘tardi. To‘g‘ri hozir mavsum boshlanishiga oz qoldi. Lekin “Neftchi” murabbiylari tez fursat ichida jamoani yetarli darajada kuchaytirib oladilar degan fikrdamiz. Chunki murabbiylar bilan suhbatda bo‘lganimizda qisqa vaqt ichida tarkibni kuchaytirish borasida muammo bo‘lmasligini aytib bizni yana mamnun etishdi,- dedi “Neftchi” muxlisi Abdulaziz Abduvohidov

“Neftchi” matbuot xizmati

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 18:21, 25.01.2018.
O'qildi: 4357 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.