Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Milan 1-1 Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche
31/12 00:45 Bolonya - Verona
31/12 00:45 Ipsvich - Chelsi
31/12 00:45 Aston Villa - Brayton
31/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl

Rikardo Montolivo: «Videotakrorlar xotirjam bo‘lishni ta’minlaydi»

Rikardo Montolivo: «Videotakrorlar xotirjam bo‘lishni ta’minlaydi»

Baho:
+ | -

Yaqinda «Milan»ning sobiq sardori Rikkardo Montolivo Milan TV va Il Corriere della Sera nashriga intervyu berib, turli mavzular bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi. Quyida ana shu suhbat bilan tanishishingiz mumkin.

Mavsum haqida

- Bu yilgi mavsumda barcha musobaqalarda o‘zimizni ko‘rsatishga harakat qilyapmiz. Lekin chempionatning qolgan bahslari yanada qiyin o‘tishi turgan gap. Albatta, biz barqarorlikka erishishimiz kerak. 2017 yilda amalga oshmagan ishlarimizni shu yil bajarmoqchimiz.

Tarkib haqida

- So‘nggi yillarda «Milan» tarkib borasida keskin pasayishga yuz tutdi. Shunga qaramay, jamoaga qo‘yilgan talab kattaligicha qolaverdi. Joriy mavsumda esa vaziyat o‘zgardi. Qiyin bo‘lishini barchamiz bilgandik, lekin klubning shu darajada muammoga yo‘liqishini kutmagandik.

Biz bunga tayyor emasdik. Menimcha, ayni payt tarkibimizdagi barcha futbolchilar o‘z darajalaridan past o‘yin ko‘rsatishmoqda. Hammamiz o‘z ustimizda ishlab, jamoa uchun ko‘p narsa bera olishimizni isbotlashimiz kerak.

«Milan»da yaxshi futbolchilar jamlangan. Shunday ekan, birdamlikda harakat qilishimiz lozim. Yangi o‘yin­chilarni nafaqat texnik jihatlari, balki insoniy fazilatlariga qarab taklif etishgan.

Lukas Bigliya haqida

- Bigliyada ayrim jismoniy muammolar yuzaga keldi. Shu bois u bilan kam vaqt maydonda birga bo‘ldik. Lekin yaqin orada barcha muammolarni hal qiladi. Lukas bilan do‘stona raqobat mashg‘ulotlar payti va maydonda foyda berishi turgan gap. O‘ylaymanki, rahbariyat shunday futbolchini tarkibga qo‘shib olib to‘g‘ri yo‘l tanladi.

Bonuchchi haqida

- Bonuchchi bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. O‘rtamizda hech qanday muammo yo‘q. Rahbariyat sardorlik bog‘ichini unga berib, yangi xaridlar orqali jamoaga yangi obraz olib kirishga intildi. Men uchun turli bahonalarni izlagandan, o‘z ustimda ishlashim muhimroq.

Donnarumma haqida

- Donnarumma? 18 yoshida bunday mish-mishlarga aralashib, endi qiynalmoqda. Lekin Jiji barchamizga «Milan»da o‘zini yaxshi his qilayotganini bildirdi. Aynan shu gapni «rossoneri» fanatlari ham eshitishni istashgandi.

Gattuzo haqida

- Gattuzo kelgach, mashg‘ulotlar formati, ularning intensivligi va davomiyligi o‘zgardi. Lekin eng asosiysi, u futbolchilar ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsata oldi.

Jamoaga ishtiyoq, jiddiylik va detallarga e’tiborli bo‘lishdek muhim jihatlarni olib keldi. Shuningdek, balans paydo qildi. G‘alabadan keyin ham, mag‘lubiyatdan ke­yin ham uning bizga bo‘lgan munosabati zarracha o‘zgarmadi.

Videotakrorlar haqida

- Albatta, videtakrorlar tarafdoriman. Chunki, bu tizim o‘yinlarning ancha shaffof o‘tishini ta’minlaydi. Barcha xatolardan xoli bo‘lmaymiz, ammo ularning ancha kamaygani ayni haqiqat.

Shuningdek, videotakrorlar futbolchi va hakamlarning ancha xotirjam bo‘lishlarini ta’minlaydi. Texnologiya rivojlanmoqda. Ishonchim komil, u yanada taraqqiy topadi.

Yangi rahbarlar haqida

- Rahbariyatdagi o‘zgarishlar haqida nima deyishim mumkin? Biz Berluskoni va Gallianiga qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirishimiz lozim. Bundan tashqari, yangi rahbariyatni ham qo‘llab-quvvatlab, ularga ham rahmat aytsak to‘g‘ri bo‘ladi.

Biz ularning yaqinliklarini his qilyapmiz. Xususan, klubning barcha ishlarida ishtirok etadigan Fassone va Mirabellining harakatlari tahsinga sazovor.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:44, 26.01.2018.
O'qildi: 1996 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.