Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Futzal. Akbar Usmonovga U-20 OCHning "Eng yaxshi to‘purari" sovrini topshirildi

Futzal. Akbar Usmonovga U-20 OCHning "Eng yaxshi to‘purari" sovrini topshirildi

Baho:
+ | -

O‘tgan yili Taylandda bo‘lib o‘tgan U-20 Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi qatnashib, 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

O‘sha musobaqada terma jamoamiz hujumchisi Akbar Usmonov 13ta gol bilan Osiyo chempionatining to‘purariga aylangandi. Bugun O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasida Akbar Usmonovga ushbu sovrinni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘FA vise-prezidenti Shoakrom Isroilov sovrinni terma jamoamiz hujumchisiga taqdim etdi.

"Musobaqa to‘purari bo‘lish juda yoqimli. Bu sovrin menga katta mas’uliyat yuklaydi. Kelgusi musobaqalarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, terma jamoamiz tarkibida ko‘plab gollar kiritishni maqsad qilib qo‘yganman. O‘z o‘yinim bilan murabbiylar va muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilaman.

Avgustda bo‘lib o‘tadigan futzal klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionlar ligasida "Olmaliq" tarkibida yaxshi natijalar qayd etish niyatidaman", - deydi Akbar Usmonov.

Akbar Usmonov 2014 yil faoliyatini "Paxtakor" futzal jamoasida boshlagan. 2016 yilda "Olmaliq" bilan shartnoma imzolagan. 2017 yilgi mavsumni "Ardus" tarkibida ijara asosida o‘tkazib, keyin yana "Olmaliq" tarkibiga qaytgan. O‘zbekiston U-20 tarkibida Osiyo chempionatida qatnashib, eng yaxshi to‘purar bo‘lgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:25, 26.01.2018.
O'qildi: 3142 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.