PSJ yarim himoyachisi Lukas Moura “Tottenxem” bilan shaxsiy kelishuvga erishdi.
Agar 25 yoshli futbolchi londonliklar safiga o‘tadigan bo‘lsa, 4 yillik shartnoma imzolaydi va Parijda qancha maosh olayotgan bo‘lsa, “Tottenxem”da ham shuncha maosh oladi.
PSJ Mourani 25 million yevro evaziga sotishni mo‘ljallagan. Fransiyaliklar uni 2013 yil “San-Paulu”dan 40 mln yevroga sotib olishgandi.