Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 20:00 Fransiya 2-3 Argentina
04/10 21:30 Napoli - Komo
04/10 23:45 Verona - Venetsiya
05/10 00:00 Leganes - Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal

Angliya kubogi. «Tottenxem» durang o‘ynadi, «Liverpul» musobaqani tark etdi

Angliya kubogi. «Tottenxem» durang o‘ynadi, «Liverpul» musobaqani tark etdi

Baho:
+ | -

Angliya kubogining 1/16 final bosqichi doirasida yana bir nechta o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

"Tottenxem" safarda quyi liga jamoalaridan biri "Nyuport" mehmoni bo‘ldi va so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Birinchi bo‘lim tugashiga 7 daqiqa qolganida mezbonlar hisobni ochishdi. Bahsning 82-daqiqasida esa Xarri Keyn muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur to‘qnashuv taqdiri "Tottenxem" maydonida bo‘ladigan takroriy o‘yinda hal bo‘ladi.

"Liverpul" esa kutilmaganda o‘z uyida yutqazib qo‘ydi. Mersisaydliklar "Vest Bromvich"ni qabul qilib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Mezbonlar hisobni ochganiga qaramay, "Vest Bromvich" tanaffusga qadar "Liverpul" darvozasini 3 marta ishg‘ol qildi. Ikkinchi bo‘limda Saloh raqib darvozasiga 1 marta yo‘l topdi. Shu tariqa, Klopp jamoasi musobaqani tark etdi. "Liverpul" so‘nggi 3 yil davomida Angliya kubogining aynan shu bosqichidan chiqib ketmoqda.

Angliya kubogi, 1/16 final
Nyuport – Tottenxem 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 38 Eymond, 1:1 – 82 Keyn.
Nyuport – Dey, Uayt, Demetriu, Bennett, Tozer, Uillmott, Payp, Lebedi (Dolan, 84), Batler, Nubl, Eymond (Makkulski, 74).
Tottenxem – Vorm, Foyt, Uoker-Piters (Son Xin Min, 46), Trippyer, Vertongen, Sissoko, Dayer, Vanyama, Dembele (Devis, 81), Lyorente (Alli, 66), Keyn.
Ogohlantirishlar: Lebedi (32), Foyt (87).

Liverpul – Vest Bromvich 2:3 (1:3, 1:0)
Gollar: 1:0 – 5 Firmino, 1:1 – 7 Rodriges, 1:2 – 11 Rodriges, 1:3 – 45, avtogol Matip, 2:3 – 78 Saloh.
Liverpul – Minyole, Matip, Moreno, Aleksander-Arnold, van Deyk, Firmino, Oksleyd-CHemberlen (Ingz, 65), Mane (Xenderson, 65), Veynaldum, Saloh, Jan (Milner, 65).
Vest Bromvich – Foster, Evans, Gibbs (Xegazi, 37), Nyom, Douson, Berri (YAkob, 71), Brant, Krixovyak, Livermor, Robson-Kanu (Fillips, 39), Rodriges.
Ogohlantirishlar: Berri (26), Jan (61), Douson (83), Xegazi (85).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:36, 28.01.2018.
O'qildi: 4139 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.