Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

«O‘zbek Pelesi» - Hamid Rahmatullayev tavalludining 76 yilligi

«O‘zbek Pelesi» - Hamid Rahmatullayev tavalludining 76 yilligi

Baho:
+ | -
"Paxtakor"ning sobiq futbolchisi va xizmat ko‘rsatgan murabbiy bugun 76 yoshini qarshi olgan bo‘lardi.   "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi sanalgan Hamid Rahmatullayev klubda uchinchi avlod vakili sanaladi. U Birodar Abduraimov, Dmitriy An, Vladimir Shtern bilan birga futbol sirlarini o‘rgangan. 1962 yil Rahmatullayev 6-pog‘ona egallanishida o‘z yordamini qo‘shgan. Keyingi mavsum esa unga juda qiyin kechgan. Jarohati sababli futbolni tugatish haqida maslahat berishgan. Lekin bir yillik tanaffusdan so‘ng u jamoaning yuqori ligaga qaytishiga hissa qo‘shib, 8 uchrashuvda bir gol muallifiga aylangan.   Hamid Turg‘unovich "Paxtakor" uchun jami 11 mavsum davomida o‘ynagan. 1960-yillarda bunday barqarorlik bilan faqat uning do‘stlari Gennadiy Krasniskiy va Birodar Abduraimov yodda qolgan. Yarim himoyada o‘ynagan Rahmatullayev hamisha sermahsul o‘yinlari bilan ajralib turgan. Yorqin o‘yinlari sababli uni yurtimizdagi ishqibozlar "o‘zbek Pelesi" sifatida e’tirof etishgan.   Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Rahmatullayev qadrdon klubida ma’muriy va rahbarlik lavozimlarida ishladi. 1970-yillarning ikkinchi yarmida afsonaviy jamoa shakllanishida ishtirok etdi. U 1978 yil aprel oyida ro‘y bergan avtohalokatda hayotdan ko‘z yumgan.   2000 yilning mart oyida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida "Paxtakor" stadioniga yaqin hududda ko‘chalardan biriga uning nomi berildi. Hamid Rahmatullayev nomi O‘zbekiston futboli tarixiga alohida bitib qo‘yilgan.   Uning o‘g‘li Sardor Rahmatullayev uzoq yillardan beri O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bosh kotibi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.   "Paxtakor" futbol klubi jamoa uchun katta mehnati singgan va klub shakllanishida faollik ko‘rsatgan Hamid Rahmatullayevning oila a’zolariga minnatdorchilik bildiradi. Uning xotirasi har doim yodimizda saqlanadi.
Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 18:33, 28.01.2018.
O'qildi: 2103 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик