Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

“Navbahor”ga rossiyalik futbolchi keldi va...

“Navbahor”ga rossiyalik futbolchi keldi va...

Baho:
+ | -

“Navbahor” jamoasi mavsumlar oralig‘idagi seleksiya ishlarini davom ettirmoqda. Aynan shu maqsadda tarkibga ikki nafar yangi futbolchi jalb etildi. Rossiyalik darvozabon Ilya Gavrilov va o‘tgan mavsumni “Paxtakor”da o‘tkazgan hujumkor yarim himoyachi Behruz Sa’dillayevlar shular jumlasidandir.

Gavrilov 2017 yilgi mavsumni Volgogradning “Rotor” klubida o‘tkazgan. Ushbu futbolchilar “Navbahor”da ko‘rikdan o‘tishmoqda. Ularning xatti harakatlari murabbiylarga manzur bo‘lsa “Navbahor” a’zosiga aylanishlari mumkin.

Oldinroh jamoamiz mashg‘ulotlariga qo‘shilgan rossiyalik futbolchi Asamaz Burayevga esa javob berildi. Shu o‘rinda, “Navbahor”ga futbolchilarni jalb etish borasida muzokaralarni davom etayotganligini qo‘shimcha qilish joiz.

Bugun Toshkent yig‘inida navbatdagi nazorat uchrashuvida “Navbahor” “So‘g‘diyona” bilan kuch sinashdi. O‘yinning birinchi bo‘limida darvozalarga gol kiritilmagan bo‘lsa tanaffusdan keyin tomonlar bir martadan muvaffaqiyat qozonishdi.

Dastlab, Davron Odilov jizzaxliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa keyinchalik Azizbek Turg‘unboyev hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv davomida futbolchilari gol urish uchun ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lishsada, vaziyatlarni golga aylantira olishmadi.

“Navbahor” uchrashuvni quyidagi tarkibga o‘tkazdi: Ilya Gavrilov, Avazbek Mamatxo‘jayev, Mirzoshid G‘ofurov, Jahongir Mehmonov, Darko Stanoyevich, A’zam Aliyev, Dilshod Jabborov, Oybek Qilichev, Ayubxon No‘’monov, Azizbek Turg‘unboyev, Behruz Sa’dillayev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Zohir Pirimov, Ilhom Boydedayev, Oston O‘runov, Yannis Linda, Shohzamon Hayrullayev.

“So‘g‘diyona”ga qarshi uchrashuvda Dilshod Sharofiddinov va Azamat Allaniyozovlarda kichik jarohat borligi sababli maydonga tusha olishmadi. “Navbahor” navbatdagi nazorat o‘yinini 31 yanvar kuni “Andijon” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

"Navbahor" FK matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:46, 28.01.2018.
O'qildi: 3508 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик