Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Chempionlar qaytishmoqda! Ular qaysi ko‘chalardan o‘tishadi? Tantanali kutib olish marosimi qayerda bo‘ladi?

Chempionlar qaytishmoqda! Ular qaysi ko‘chalardan o‘tishadi? Tantanali kutib olish marosimi qayerda bo‘ladi?

Baho:
+ | -

Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston U23 terma jamoasi bugun Toshkent vaqti bilan 23:50da poytaxtimizga yetib kelishini ma’lum qilgan edik.

«Xabar.uz» portali tahririyatiga futbolchilarimizning qaysi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishi borasida ko‘plab so‘rovlar bo‘ldi.

«Xabar.uz» manbasining ma’lum qilishicha, chempion futbolchilarimiz joylashgan avtobus bugun soat 00.00da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan (terminal-3, mahalliy) yo‘lga chiqadi va poytaxtimizning Bobur, Nukus, Afrosiyob, SH.Rashidov, Navoiy, A.Temur ko‘chalari bo‘ylab «O‘zbekiston» mehmonxonasiga qadar harakatlanadi.

Soat 00.30da futbolchilarni «O‘zbekiston» mehmonxonasi oldida tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi. Aytishlaricha, tadbir ochiq bo‘lib, unda barcha xohlovchilar qatnashishlari mumkin.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, el ardog‘idagi san’atkorlar,  OAV vositalari, futbolchilarning yaqinlari, Yoshlar ittifoqi faollari ishtirok etishadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchilarni kutib olishga mingga yaqin futbol ishqibozlari chiqishadi.

Demak, sizda ham yuqorida berilgan yo‘nalish bo‘yicha qahramonlarimizni qutlash imkoni bor. Barcha futbol muxlislarini Osiyo chempionlarini munosib ravishda kutib olishga chaqiramiz.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 19:57, 28.01.2018.
O'qildi: 7433 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.