Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina - Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya - Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya

Osiyo chempionlarini kutib olishga qanday tayyorgarlik ko‘rilmoqda (fotoreportaj)

Osiyo chempionlarini kutib olishga qanday tayyorgarlik ko‘rilmoqda (fotoreportaj)

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bugun Toshkent vaqti bilan 23:50da poytaxtimizga etib kelishadi. 

«Xabar.uz» manbasining ma’lum qilishicha, chempion futbolchilarimiz joylashgan avtobus bugun soat 00.00da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan (terminal-3, mahalliy) yo‘lga chiqadi va poytaxtimizning Bobur, Nukus, Afrosiyob, SH.Rashidov, Navoiy, A.Temur ko‘chalari bo‘ylab «O‘zbekiston» mehmonxonasiga qadar harakatlanadi. 

Soat 00.30da futbolchilarni «O‘zbekiston» mehmonxonasi oldida tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, el ardog‘idagi san’atkorlar,  OAV vositalari, futbolchilarning yaqinlari, Yoshlar ittifoqi faollari ishtirok etishadi. Jarayon «O‘zbekiston24» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Ayni paytda «O‘zbekiston» mehmonxonasining yonida Osiyo chempionlarini munosib ravishda kutib olishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Izg‘irin sovuqqa qaramasdan yuzlab kishilar ushbu jarayonga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Bu yerga allaqachon chempionlarni qutlash uchun terma jamoa fan klubi a’zolari ham yetib kelishgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda bo‘lib o‘tgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining finalida O‘zbekiston olimpiyachilari vyetnamlik tengdoshlari ustidan g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ilk marta Osiyo chempionligiga sazovor bo‘lgan edi. Futbolchilarimizni ushbu g‘alabi bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovqutlagan va Osiyo chempionati g‘oliblariga tabrik yo‘llashgan edi.

Shuningdek, Osiyo Futbol Konefederasiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatida g‘alaba qozonib, chempionlikka erishgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tabriklagan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan bugunning o‘zida «O‘zbekiston» mehmonxonasida  futbolchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Osiyo chempionlari bittadan Chevrolet Malibu avtomobillari bilan taqdirlanadi.

O‘zbekiston» mehmonxonasi. 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘oliblarini kutib olish va taqdirlash marosimiga tayyorgarlik jarayoni. 2018 yil 28 yanvar. 2018 yil 28 yanvar.

«O‘zbekiston» mehmonxonasi. 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘oliblarini kutib olish va taqdirlash marosimiga tayyorgarlik jarayoni. 2018 yil 28 yanvar. 

Manba: www.xabar.uz
Kiritildi: 22:40, 28.01.2018.
O'qildi: 8203 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.