Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Chempionlar kutib olindi (foto+video)

Chempionlar kutib olindi (foto+video)

Baho:
+ | -

Ayni paytda “Islom Karimov” nomidagi Xalqaro aeraportda Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionati g‘oliblari - O‘zbekiston U23 terma jamoasi a’zolarini kutib olindi.

Osiyo chempionati qahramonlarini kutib olish uchun futbol muxlislari, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, el ardog‘idagi san’atkorlar, jurnalistlar va yoshlardan iborat yuzlab kishilar aeroportda jam bo‘lishdi.

O‘zbekiston U23 terma jamoasi 27 yanvar kuni Xitoy mezbonligida o‘tgan Osiyo chempionati finalida Vyetnam terma jamoasini qo‘shimcha vaqtda urilgan gol evaziga 2:1 hisobida mag‘lub etib, Osiyo chempioni bo‘ldi.

Turnirni Qatardan qabul qilib olingan mag‘lubiyat bilan boshlagan Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa guruhning keyingi o‘yinlarida Xitoy va Ummon termalari ustidan 1:0 hisoblarida g‘alaba qozonib, guruhdan chiqqandi. O‘yindan-o‘yinga kuchaygan O‘zbekiston termasi pley-off bosqichida turnir favoritlari sanalgan Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalarini 4:0 va 4:1 hisoblarida yengib, finalga chiqqandi.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 00:59, 29.01.2018.
O'qildi: 9190 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик