Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Qo‘qonda chempionlar munosib kutib olindi! (foto)

Qo‘qonda chempionlar munosib kutib olindi! (foto)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-23  terma jamoasining Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatidagi g‘alabasi ,butun  o‘zbek halqiga juda katta quvonch olib keldi.

Bugun Qo‘qon shahrida qahramonlar munosib tarzda kutib olindilar. Terma jamoamizning g‘alabasiga Farg‘ona viloyatining 8 nafar farzandi o‘zining munosib hissalarini qo‘shdilar. Bugun Qo‘qon shahri va atrof tumanlaridan ko‘plab muxlislar o‘zlari sevgan futbolchilar Akromjon Komilov, Oybek Rustamov hamda Dostonbek Tursunovlarni kutib olishdi.

Kutib olish tadbirlari Farg‘ona viloyatining chegarasidan boshlandi. “Qo‘qon-1912” futbol klubi vise-prezidenti , bosh direktori Baxtiyorjon Tolipov, futbolchilarning yaqin qarindoshlari  hamda “Qo‘qon-1912” jamoasining “Sodiq muxlislar klubi” a’zolari va boshqa ko‘plab yurtdoshlarimiz futbolchilarni viloyat chegarasida karnay-surnay sadolari ostida olqishlar bilan kutib oldilar. Dastlab Akromjon Komilovning “Malibu”si ko‘rindi. So‘ngra birin-ketin Oybek Rustamov va Dostonbek Tursunovlar , prezidentimiz tomonidan sovg‘a qilingan “Malibu” avtomobillarida yetib keldilar.  Ayniqsa futbolchilarning ota-onalari bunday manzarani ko‘rib ko‘zlarini  sevinch yoshlaridan tiyib turolmadilar.

Futbolchilar muxlislar qurshovida Qo‘qon shahri tomon yo‘lga tushishdi.

Qo‘qon shahar hokimiyatiga qarashli majlislar zalida Osiyo chempionlarining muxlislar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “Qo‘qon-1912” futbol klubi bosh direktori B Tolipov  so‘z olib futbolchilarni “Qo‘qon-1912” futbol klubi va  barcha Qo‘qonliklar nomidan qizg‘in tabrikladilar.

“Sizlar millionlab futbolsevar O‘zbekistonliklar yuragidan o‘rin oldingiz. Siz ko‘rsatgan jasorat o‘zbek halqining hech kimdan kam emasligidan , o‘zbek yigitlari ko‘p narsalarga qodir ekanligidan dalolat bo‘ldi.  Sizlar o‘zbek futbolining haqiqiy qahramonlari bo‘ldingiz. Biz ishonamiz kelajakda sizlar bilan jahon chempionatlarida albatta  ishtirok etamiz” –dedi B Tolipov.

Uchrashuvga yig‘ilgan muxlislar ham futbolchilarga o‘zlarining cheksiz minnatdorchiliklarini izhor qildilar. O‘z navbatida Akromjon Komilov hamda Oybek Rustamovlar ham kamtarona xizmatlarini muhtaram yurtboshimiz tomonidan yuksak e’tirof etilganidan judayam xursand ekanliklarini yashirmadilar. Bunday yuksak e’tirofga munosib farzand bo‘lish uchun kelajakda ham tinmay mehnat qilishga , vatanimiz bayrog‘ini jahon chempionatlarida ham xilpirashi yo‘lida bor kuch g‘ayratlarini ishga solishga va’da berdilar. Uchrashuv judayam ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng futbolchilar muxlislar qurshovida o‘z uylari tomon yo‘lga tushdilar. Qo‘qon shahridagi Komilovlar xonadonida Akromjonning kelishi  haqiqiy bayramga aylanib ketdi.

“Qo‘qon-1912” a’zosi Oybek Rustamov yashaydigan Uchko‘prik tumanidagi Olmurod qishlog‘ida esa haqiqiy to‘y bo‘ldi desak yanglishmaymiz.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 20:44, 29.01.2018.
O'qildi: 14926 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.