Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

«Poker» evaziga hushtak yoxud parijlik muxlislar nima uchun Neymardan norozi?

«Poker» evaziga hushtak yoxud parijlik muxlislar nima uchun Neymardan norozi?

Baho:
+ | -

Braziliyalik Neymar «PSJ»da muxlislar muhabbatini his qilmayapti. Deylik, u Liga 1ning 21-turidan o‘rin olgan «Dijon»ga qarshi uchrashuv (8:0)da 4ta gol urdi va haqli ravishda eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etildi.

Shunga qaramay, fanatlar braziliyalikka nisbatan hushtakbozlik qilishdi. Oqibatda «poker» muallifi o‘yin tugashi hamono kiyinish xonasiga yo‘l oldi, ya’ni g‘alabani muxlislar bilan baham ko‘rishni istamadi.

«SSF» nashri ayni shu voqea tafsilotlariga alohida qiziqib ko‘rdi.

Hushtakbozlik ma’nosi nima?

4ta gol, 2ta samarali uzatma, darvoza tomon 11ta zarba, chiroyli fintlar va final hushtagidan keyingi g‘azabli nigoh - bular Neymarning «Dijon»ga qarshi uchrashuvda ko‘rsatgan karomatlari. Xullas, o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan braziliyalik na matbuot vakillari bilan gaplashishni istadi, na muxlislar qarshisiga borishni.

Nega? Chunki Neymar o‘yin oxirida penalti tepishga shaylanganida, tribunalarda unga qaratilgan noxush hushtakbozlik boshlandi. Aslida parijliklar Edinson Kavani harakatlari ortidan penalti tepish huquqini qo‘lga kiritishgandi, biroq Neymar urugvaylik klubdoshiga hattoki, nazar tashlamay, to‘pni o‘z qo‘liga oldi.

Bu holatda Kavanining o‘zi sukut saqladi, ammo muxlislar qattiq ranjishdi, chog‘i. Ular avvaliga baralla hayqirishdi: «Kavani! Kavani!» Biroq bundan natija chiqmagach, braziliyalikni hushtakbozlik bilan «siylashdi». Neymarga nisbatan xunuk munosabatning mohiyati nima?

Gap shundaki, Kavanining «PSJ» uchun gol urish bobida Zlatan Ibragimovich rekordini yangilashiga bir qadam qolgandi. Urugvaylik to‘purar shu o‘yinda 156-golini nishonlab, shved maestrosi bilan tenglashib oldi.

Xullas, Neymar penalti tepish huquqini bermay, uni zo‘r imkoniyatdan mahrum qildi, biroq o‘zi gol urib ham, aytarli quvonmadi... Boz ustiga, o‘yin tugagach, barcha futbolchilar muxlislarga minnatdorchilik bildirish uchun tribunalarga yaqinlashgan payt qimmatbaho Neymar to‘g‘ri kiyinish xonasiga ravona bo‘ldi.

«Neymar to‘pni Kavaniga bersa bo‘lardi...»

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:59, 30.01.2018.
O'qildi: 6318 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.