Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 14:18 Herta 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/04 14:18 Volfsburg 2-2 Frayburg
20/04 14:18 Mayns 2-0 Nyurnberg
20/04 14:18 Bavariya 5-2 Verder
20/04 14:18 Hoffenhaym 0-0 Ayntraxt F
20/04 14:21 Bayer 2-2 Borussiya D
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Umid Ahmadjonov Bobur Shodiyev bilan birga Qatarga jo‘nab ketdi

Umid Ahmadjonov Bobur Shodiyev bilan birga Qatarga jo‘nab ketdi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, kuni kecha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionligiga erishib, yurtimizga qaytganidan keyin poytaxtimizda ularni tantanali ravishda kutib olish marosimi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Milliy Olimpya Qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo chempionlarini kutib olish marosimida ishtirok etib, futbolchilarimiz va murabbiylarga ana shu yuksak natija uchun cheksiz minnatdorchilik bildirdi va ularni chempionlik bilan qutladi.

Kecha 29 yanvar kuni esa futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini Osiyo chempionatiga kuzatish marosimi o‘tkazildi. Ushbu marosimda ishtirok etgan Umid Ahmadjonov futzalchilarimizga ham O‘zbekiston OTJ yo‘lini tilab, xalqimiz ulardan ham Osiyo chempionatida yuksak natijalar kutayotganini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, Umid Ahmadjonov O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi futzalchilarimizga qit’a chempionatida munosib ishtirok etish va chempionlikka erishishlari uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanini ham ma’lum qildi. 

Bugun esa Umid Ahmadjonov Osiyo chempionlar ligasi pley-off bahsidan o‘rin olgan “Al-Garafa”ga qarshi uchrashuvda O‘zbekiston vakili bo‘lgan “Paxtakor” jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘FA Ijroqo‘mi a’zosi, "Paxtakor" FK prezidenti Bobur Shodiyev bilan birga Qatar poytaxti Dohaga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, OCHL pley-offidan o‘rin olgan “Al-Garafa” – “Paxtakor” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:26, 30.01.2018.
O'qildi: 4875 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик