Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Rustam Ashurmatov: «Xitoyga chempion bo‘lish uchun borgandik»

Rustam Ashurmatov: «Xitoyga chempion bo‘lish uchun borgandik»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida tarixiy natija qayd etib, shu yoshda qit’amizning eng kuchli jamoasiga aylandi.

Futbolchilarimizning chiroyli va qiyin kechgan musobaqadagi g‘alabasidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev olimpiya terma jamoamiz a’zolarini g‘alaba bilan qutlab, ularga tabrik ham yo‘lladi.

Biz qit’a birinchiligining final uchrashuvidagi ilk gol muallifi Rustam Ashurmatov bilan Osiyo chempionati yakunlari bo‘yicha suhbat uyushtirdik.

- Rustam, Xitoyda bo‘lib o‘tgan qit’a birinchiligidagi muvaffaqiyat borasida  nima deya olasiz?

- Avvalambor, bu butun jamoaning mehnati va uning ketidan kelgan muvaffaqiyati, deb hisoblayman. Murabbiylar shtabi, shifokorimiz, massajchimiz, futbolchilar va boshqa barcha xodimlarning ushbu g‘alabada hissalari bor.

Yaxshi mehnat qilinmaganida, bunday natijaga erishmagan bo‘lardik. Keyin ahillikda ham gap ko‘p.

- Guruh bosqichining birinchi turidagi o‘yinda qatarliklarga imkoniyat boy berilgach, murabbiylar va futbolchilarda «pley-off»ga chiqish umidi pasayib ketmadimi?

- Yo‘q. Bu so‘zni men baralla ayta olaman. Chunki, o‘zimizga bo‘lgan ishonch juda yuqori edi. Qolgan 2ta uchrashuvda zafar quchsak, guruhdan chiqishimizni bilardik.

O‘sha ikki o‘yinda shunga monand tarzda harakat qildik. To‘g‘ri, birinchi bahsda ham maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushgandik. Lekin hammasi biz o‘ylaganchalik yakun topmadi. O‘yindan keyin yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni obdon muhokama qildik.

- Lekin ikki g‘alaba ham bizni guruhdan chiqishimizga yetarli bo‘lmay qolishi mumkin edi. Baxtimizga Qatar terma jamoasi xitoyliklarni mag‘lubiyatga uchratdi...

- To‘g‘ri, guruhdan biroz qiyinchilik bilan chiqib oldik. Bilmadim, bizda ilk uchrashuv hamisha qiyin kechgandek taassurot qoldiryapti. Buriramdagi turnirda ham Myanma termasi bilan durang (2:2) o‘ynab, yakunda chempion bo‘lgandik.

Lekin baribir kim ko‘proq mehnat qilsa, o‘sha jamoa ko‘chasida bayram bo‘lib, omad ham shu jamoaga kulib boqarkan. Biz guruhdan chiqishni, yakunda chempion bo‘lishni boshqalardan ko‘ra ko‘proq xohladik.

O‘yindan-o‘yinga kuchayib, maydondagi harakatlarimizni takomillashtirib bordik va yakunda o‘z niyatimizga erishdik.

- Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari darvozasiga 4tadan to‘p kiritdinglar. Tarixda bunaqasi bo‘lmagandi. Buni o‘zinglar ham kutmaganmidinglar? Umuman, ana shu ikki uchrashuv haqida nimalar deya olasiz?

- Tan olaman, biz ham har ikkala kuchli raqib darvozasini 4 marotabadan ishg‘ol qilib, g‘alaba qozonamiz deb o‘ylamagandik. Bunday natija bo‘lishini kutmagandik. Lekin yutishimizga ishonib, bor imkoniyatimizni mana shu o‘yinlarga sarfladik. Ta’kidlaganimdek, jamoamiz juda ahil.

Bu ham muvaffaqiyatimizning kaliti bo‘lib xizmat qildi. Yaponiyaliklarni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratganimizdan so‘ng o‘zimizga bo‘lgan ishonch yanada ortdi. Astoydil harakat qilsak, qo‘limizdan ko‘p narsa kelishini isbotladik.

«Kunchiqar yurt» vakillari ustidan g‘alaba qozonganmizdan keyin ishtahamiz yanada «ochilib ketdi» va shu kayfiyatda koreyaliklar darvozasiga ham 4ta gol urdik. Bu ikki jamoa Osiyo chempionatining eng kuchli jamoalari edi. Ularni mag‘lubiyatga uchratgan ekanmiz, demak, biz haqli ravishda chempionlik unvoniga sazovor bo‘ldik.

- Vyetnam olimpiya terma jamoasining finalga yetib kelishini kutganmidingiz?

- Ochig‘ini aytsam, nafaqat men, balki hech kim kutmagandi. Lekin vyetnamliklarga qarshi kechgan o‘yin oldidan finaldagi raqibimizning yaxshigina boshog‘rig‘i bo‘lishini kutgandim va amalda ham shunday bo‘ldi.

- Vyetnamliklarning kuchi nimada ekan?

- Vyetnam terma jamoasi kuchli jamoaviy o‘yinni shakllantira olgan. Jamoa himoyaviy taktikada o‘ynab, o‘z omadini qarshi hujumdan izlaydi. Biz raqibning ana shu jihatlarini zararsizlantira oldik.

- Final uchrashuvida o‘ta noqulay ob-havo sharoitida o‘ynashga to‘g‘ri keldi. Ikkala jamoaga ham qiyin bo‘ldi. Bosh murabbiy bunday holatda qanday ko‘rsatma berdi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:13, 31.01.2018.
O'qildi: 2776 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.