Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

XXI asr sadosi yoxud Yevropaning «intriga»ga boy milliy chempionatlari haqida

XXI asr sadosi yoxud Yevropaning «intriga»ga boy milliy chempionatlari haqida

Baho:
+ | -

Yangi asr natijalari bo‘yicha aytsak, «ko‘hna qit’a»ning qaysi elit ligasi eng ko‘p chempion klubga ega?

Ya’ni bu davrda qaysi yurtda oltin medal sohibi tez-tez almashib turgan - Rossiyadami, Ispaniyadami yoki Angliyada? Soccer.ru sayti 9ta milliy chempionatning g‘olib jamoalarini sanab chiqish asnosida «intriga» darajasini aniqlashga urindi.

Aytish joiz, hisob-kitob uchun olingan davrda aksariyat ligalarda 17 mavsum (ba’zilarida 16 mavsum) o‘ynalgan.

*** APL yangi asrda 5ta chempion jamoa bilan tanishdi. Boz ustiga, mavsum-2000|2001dan keyin 17ta oltin medaldan 12tasi 2ta klubga nasib etdi: «MYU» 7 marta chempionlikni tantana qilgan bo‘lsa, «Chelsi» 5 bora taxtga ko‘tarildi. Oddiy aytganda, atigi 5 mavsum yakunida boshqa klublar muxlislari bayram qilishdi.

Xullas, «Arsenal» va «Manchester Siti» jamoalari 2 martadan g‘olib chiqishdi va bir safar chinakam «sensasiya» kuzatildi (APL tarixida ikkinchi marta): «Lester» yangi «Blekbern» qiyofasida namoyon bo‘ldi. Ha, Angliyada chempion jamoalar soni juda kam. Ammo shuning barobarida alohida aytish kerak, 17 mavsumdan atigi 4tasida amaldagi g‘olib o‘z maqomini saqlab qoldi.

APL aynan shunisi bilan zo‘r! Yangi asrda bu ishni birinchi bo‘lib «Chelsi» uddaladi (2006 yili), keyin esa «MYU» ketma-ket 3 bora «oltin»ga burkandi. Shundan so‘ng qatorasiga 8 yil chempion almashdi, joriy mavsum yakunida ham shunday bo‘lishi hozirdan ma’lum, hisob. Har holda, amaldagi chempion - «Chelsi»ning 1-o‘ringa ko‘tarilish imkoniyati haminqadar. Xulosa shuki, APL «qirol»larni almashtirib turishni xush ko‘radi.

*** La-liga yangi asrda 4ta chempion jamoa bilan tanishdi. Biroq Ispaniya elit divizioni va APL o‘rtasida sezilarli farq bor. Hisob-kitob uchun olingan davr rekordchisi - «Barselona» 8ta «oltin»ga ega, «Real» esa 6 bora g‘olib chiqdi. Demak, 17 mavsumning naq 14tasi ikki yetakchiga atalgan.

Qolgan 3 mavsumda «Valensiya» (2 marta) va «Atletiko» «gegemon»lar seriyasini uzib qo‘yishga erishgan. Yangi asr hisobidan 5-chempion qachon bo‘y ko‘rsatishini aytish esa juda mushkul, juda... Primeroda ham chempionlik maqomini himoya qilish oson emas. Yangi asrda amaldagi g‘olib atigi 5 marta keyingi mavsumda ham taxtda qolgan.

Tabiiyki, oltin medalni ketma-ket ravishda qo‘lga kiritish «Real» va «Barselona»ga nasib etgan, xolos. Cho‘qqida uzoq turish bo‘yicha esa Kataloniya klubi oldinda - «blaugrana» Xosep Gvardiola boshqaruvida ketma-ket 3 yil taxtdan tushmagandi. Darvoqe, «Real» chempionlik seriyasini so‘nggi marta o‘tgan asrning 80-yillari oxirida qayd etgan.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:38, 31.01.2018.
O'qildi: 2052 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик