Kamerunlik hujumchi Samuel Eto'O “Konyaspor” klubi bilan shartnoma imzolashga Konya shahriga tashrif buyurdi. 36 yoshli futbolchi kuni-kecha “Antalyaspor” bilan shartnomasini bekor qilgandi.
Ma’lumot uchun, Eto'O “Antalyaspor” jamoasida 77 ta o‘yinda maydonga tushib, 44 ta gol mualiffiga aylandi.