Bugun, 1 fevral kuni Xitoy Taypeyi mamlakatida futzal bo‘yicha 15-bor o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatiga start beriladi. O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki turda Janubiy Koreyaga qarshi maydonchaga chiqadi. O‘yin bugun Toshkent vaqti bilan 13:30da boshlanadi.
MTRKning "Sport" telekanali mazkur o‘yinni jonli efirda translyasiya qiladi. Ucharshuvning Murod Rizayev sharhlab boradi. Umuman olganda, telekanal mazkur musobaqani imkon qadar keng yoritib borishni rejalashtirgan.