“Barselona” klubi himoyachi Semyuel Umtiti bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar tarqatdi.
“Ko‘k-anorranglilar” 24 yoshli himoyachiga yozda yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Umtitining amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo‘ljallangan. Uning tovon puli 60 mln yevroga teng.