Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«So‘g‘diyona» nazorat o‘yinida «Buxoro»ga imkoniyatni boy berdi

«So‘g‘diyona» nazorat o‘yinida «Buxoro»ga imkoniyatni boy berdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ayni kunlarda jamoamiz Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda. “So‘g‘diyona” bugun navbatdagi nazorat o‘yinida maydonga tushdi va “Buxoro” jamoasiga 1:0 hisobida yengildi.

O‘yinning birinchi bo‘limi ancha shiddatli va tengkurashlar ostida o‘tdi. So‘nggi daqiqalarda “Buxoro” futbolchilari Izzat G‘aniyevga qo‘pollik ishlatdi va hakam tomonidan ogohlantirish oldi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yin yana shiddatli tarzda va har ikki jamoada ham golli vaziyatlar yuzaga keldi. 54-daqiqada raqib jamoasi tarkibida maydonga tushgan Bahriddin Vahobov Dilshod Hamroyev qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Murabbiy Aleksandr Mochinov bugungi o‘yinda ko‘rikdagi ikki legioner futbolchilarni sinovdan o‘tkazdi. Ular o‘yinning so‘nggi 10 daqiqasida maydonga tushirildi. Shuni ham aytib o‘tish joiz, “Buxoro” tarkibidi Sardor Sulaymonov jamoamiz darvozasiga ikkinchi to‘p kiritgandi, lekin hakam bu vaziyatda offsayd holati borligini qayd etib, golni inobatga olmadi va shu tariqa “So‘g‘diyona” yangi mavsum oldidan o‘tkazgan 3-nazorat o‘yinida “Buxoro”ga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Nazorat o‘yini.

“Buxoro” – “So‘g‘diyona” 1:0

Gol: Baxriddin Vahobov 54

“So‘g‘diyona”: Shirinboy Abdullayev, Nodir Yo‘ldoshev, Sardor Qulmatov, Shohruh Xolmatov, Dilmurod Karimov, Azamat Isroilov, Sardor Eminov, Mansur Saidov, Arkadiy Galperen, Izzat G‘aniyev, Sherzod Hakimov.

“Sug‘diyona” ikkinchi bo‘limda qo‘yidagi tarkibda maydonga tushdi: Dilshod Hamroyev, Elyor Orifov, Sherzod Jalilov, Umid Qodirov, Izzatilla Abdullayev, Sardor Azimov, Dilmurod Karimov, Shohrux Holmatov, Izzat G‘aniyev, Sardor Qulmatov.

“Buxoro”: Akmal Tursunboyev,  San’at Shixov, Artyom Filiposyan,  Shavkat Mullajonov, Sergey Ruseskiy, Robbim Xasanov,  Salamat Qutiboyev,  Shavkat Salomov, Akobir To‘rayev,   Shahboz Erkinov, Ergash  Ismoilov.

Zaxira: Asilbek Amonov,  Shohjaxon Nasimov, Bobir Amonov, Toxir Shamsitdinov, Xurshid Olimov, Baxriddin Vahobov,  Sardor Sulaymonov, Rahmatullo Berdimurodov.

"So‘g‘diyona" matbuot xizmati

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:36, 01.02.2018.
O'qildi: 2547 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.