Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

“Persepolis” o‘z maydonida “Sepaxon”ni mag‘lub etdi

“Persepolis” o‘z maydonida “Sepaxon”ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Ayni kunlarda Fors qo‘ltig‘i Pro-ligasining (Eron premyer-ligasi) 22-tur uchrashuvlari davom etmoqda. “Nasaf”ning guruh bosqichidagi raqibi Tehronning “Persepolis” jamoasi o‘z maydonida “Sepaxon” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv Tehron shahridagi “Ozodiy” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda tehronliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvning 11-daqiqasida hisobni 70-raqamdagi hujumchi Ali Alipur ochdi. Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida 3-raqamdagi himoyachi Shoja Xalilzoda hisobni 2:0ga o‘zgartirishga erishdi. Bu hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmasdan qoldi.

Uchrashuvda “Persepolis” quyidagi tarkibda maydonga tushdi: 44.Bujidor Radoshevich, 4.Jalol Husayni (s), 3.SHoja Xalilzoda, 15.Muxammad Ansori, 17.Sodiq Maxrumi, 13.Husayn Mohiyni, 18.Muhsin Robikhoh, 10.Farshod Axmadzoda, 19.Vohid Amiri, 90.Godvin Minsha, 70.Ali Alipur.

Hujumchi Ali Alipurning joriy chempionatdagi urgan gollarining soni 15taga yetdi. Bu o‘yinchi chempionat to‘purarlari ro‘yxatini boshqarib bormoqda.

Shunday qilib, “Persepolis” jamoasi 22 uchrashuvdan so‘ng ochkolari sonini 51taga yetkazib oldi va turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Eslatib o‘tamiz, Fors qo‘ltig‘i Pro-ligasida 16ta jamoa ishtirok etadi.

Manba: voha.uz
Kiritildi: 21:24, 02.02.2018.
O'qildi: 3452 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик