Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Namangan iftixori Odil Hamrobekov haqida...

Namangan iftixori Odil Hamrobekov haqida...

Baho:
+1 | -

Oqto‘bedagi fojia Namangan viloyatiga qayg‘u olib kelgandi. Zero, halok bo‘lgan o‘g‘lonlarini tuproqqa qo‘yish oson emasdi. Ha, namanganliklar katta yo‘qotishdan juda ezilib ketdilar. Ayriliq ko‘z yoshlari...

2018 yilning 27 yanvar sanasi. Xitoyda yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni aniqlandi. O‘zbekistonlik umidli futbolchilar xushxabar olib kelishdi. Sevinch ko‘z yoshlari...

Garchi bu muvaffaqiyat halok bo‘lgan azamatlarning o‘rnini bosolmasa-da, yosh futbolchilarimizning zafari hammamizga yupanch vazifasini o‘tadi. Baxtsiz hodisadan qattiq iztirobga tushgan Namangan esa qaddini ko‘tardi. Butun dunyo nigohi O‘zbekistonga qaratildi. Bizning yoshlarni milliardlab tomoshabinlar olqishladi. G‘oyat og‘ir vaziyat va noqulay ob-havo sharoitiga qaramay, matonat va jasorat ko‘rsatgan vakillarimiz mislsiz yutuq - mamlakatimiz tarixida ilk marotaba 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritdilar. Shu tariqa ular yurtimizga, ayniqsa, Namanganga xursandchilik ulashdilar.

Termamiz a’zosi - Namangan farzandi Odiljon Hamrobekov musobaqa yakunida «Eng foydali futbolchi», deb topildi. Odiljon O‘zbekistonning, Namangan viloyatining, Namangan tumanining,  qo‘yingki, Sho‘rqo‘rg‘on qishlog‘ining chinakam faxriga aylandi. Sho‘rqo‘rg‘on - shoirlar qishlog‘i sifatida dong‘i ketgan. O‘ktam Mirzo, Sanobar Bobonazarova, To‘xtaxon Rahimova, O‘ktamoy Xoldorova, Dilorom Sotiboldiyeva, Nosirjon Jo‘rayev kabi ijodkorlar so‘z ixlosmandlariga yaxshi tanish. Shoirlari bilan maqtanadigan sho‘rqo‘rg‘onliklar endi Odiljondek dunyoga mashhur futbolchisi bilan ham iftixorga to‘ladigan bo‘lishdi.

Sho‘rqo‘rg‘onga bahor keldi! «IYE, hali qishning tugashiga bir oy bor-ku?!», deyayotgandirsiz? Atrofda izg‘irin hukm surayotgan bo‘lsada, qishloqdagi manzara ko‘klamni eslatmoqda. Kunlar isishi hamono chumolilar yer yuziga o‘rmalab chiqishadi. Bizda ham shunday bo‘ldi. Odamlar uyidan chiqib, ko‘chani to‘ldirgancha Hamrobekovlarning uyi tomon shoshardi. Kattayu kichik o‘rtasidagi suhbat mavzusi - tarixiy g‘alaba muhokamasi, Odiljonning muvaffaqiyati. Uch yarim yoshli o‘g‘limning ham «O‘zbekiston yutdi! Odil aka chempion bo‘ldi!» deya suyunchilagani meni yanada ilhomlantirdi.

Ularning xursandchiligiga sherik bo‘lib, dildan suhbatlashish maqsadida fayzli xonadonga chiqdim. Kamtargina hovli darvozasi lang ochilgan. Qahramonimiz Odiljonning o‘zi safarda bo‘lsa-da, uni voyaga yetkazgan, kamol topishiga hissa qo‘shgan ota-onasi va ustozlari, o‘rtoqlarini qishloq ahli va uzoq-yaqindan mehmonlar qutlagani kelishmoqda. Odiljonning diplomlari, shoda medallari, kuboklari, esdalik sovg‘alarini ko‘zdan kechirishyapti. Chempionning hamyurti bo‘lish zavqli va sharafli. Fursatdan foydalanib, futbolchimizning bobosi Hamrobek ota, otasi Sohibjon va onasi Ra’noxonlarni suhbatga tortdik.

Hamrobek ota Yusufjonov (chempionning bobosi): - Ismim dunyo bo‘ylab yangraganidan quvonchimning cheki yo‘q. Mahallamizdagi mehmonxonada (qish faslida har kuni palov yeyiladigan, yoshlar va keksalar to‘planadigan joy bizda shunday ataladi) futbolni boshqacha qiziqish va duo bilan ko‘rdik. O‘yin tugashi hamono qo‘shnilar, hamqishloqlar, tanish-bilishlar termamiz g‘alabasi va nabiramning yutug‘i sabab xurchandlikdan yig‘lashganini bildirishdi. Uyimizga kelib tabriklashdi, hayajonlarini yashirishmadi.SHo‘rqo‘rg‘onimizda katta bayram nishonlanyapti. Nasib etsa, nabiramning kelishiga qo‘chqor so‘yamiz, nishonlaymiz! Yana bir gap. Odiljonning dadasi, ya’ni o‘g‘lim Sohibjon ham yoshligida futbolga xo‘b qiziqqan. Oilaviy holatimiz, dala ishlari tufayli yetarli sharoit yaratib berolmaganmiz. Xullas, otasining orzusini farzandi ro‘yobga chiqardi. O‘zbekiston yoshlariga muxlislik qilgan hamma futbol ishqibozlariga mingdan-ming rahmat! Vyetnamliklarning «O‘zbeklar kuchli ekan!», degan so‘zlari qulog‘imga o‘rnashib qoldi. Ichimga sig‘may ketyapman. Rahmatli Rahimaxon buvisi shu kunlarni ko‘rmadi-da. U hayotligida «Ko‘rasiz, Odiljondan umidim bor, u mashhur futbolchi bo‘ladi!», derdi va tinmay duo qilardi. Nabiram ajoyibda, har gal safar yoki o‘yindan oldin telefon qiladi, oq yo‘l tilaymiz.

Sohibjon Yusufjonov (chempionning otasi): DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:52, 03.02.2018.
O'qildi: 12261 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.