Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

La liga. «Real» yana «Levante»ni mag‘lub eta olmadi

La liga. «Real» yana «Levante»ni mag‘lub eta olmadi

Baho:
+ | -

Ispaniya La ligasining 22-turi doirasida "Levante" klubi o‘z maydonida "Real"ni qabul qildi. E’tiborli tomoni, birinchi davra bo‘lgani kabi madridliklar bu safar ham raqibni mag‘lub eta olishmadi.

Barchasi Zidan jamoasi uchun omadli boshlandi. Bahsning 11-daqiqasida Serxio Ramos "Levante" darvozasini ishg‘ol qildi. Ammo birinchi bo‘limga tugashiga 3 daqiqa qolganida Emmanuel Boateng hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda "Real" to‘liq ustunlikka ega bo‘ldi. "Qirollik klubi" futbolchilari (Ronaldu, Benzema, Ramos) 3ta juda qulay vaziyatlardan foydalana olishmadi. Shunga qaramay, o‘yin tugashiga 8 daqiqa qolganida Isko o‘z imkoniyatidan foydalanib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Ammo madridliklarni g‘alabani ushlab qola olmadilar. Dastlab Roxer 2-3 metr masofadan bosh bilan darvozaga aniq zarba bera olmagan bo‘lsa, uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 1 daqiqa qolganida Passini birga-bir vaziyatda Navasni dog‘da qoldira oldi.

Shu tariqa, "Real"ning peshqadam "Barselona"dan ortda qolishi 21 ochkoga yetishi mumkin.

Ispaniya La ligasi, 22-tur
Levante – Real Madrid 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 11 Ramos, 1:1 – 42 Boateng, 1:2 – 81 Isko, 2:2 – 89 Passini.
Levante – Olasabal, Postigo, Luna, Koke, Rober, Lukich, Lerma (Marti, 68), Dukure, Morales, Ivi Lopes (Passini, 77), Boateng (Jeyson, 60).
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Vaskes, 90), Beyl (Isko, 66), Ronaldu (Asensio, 82), Benzema.
Ogohlantirishlar: Dukure (13), Ramos (21), Ivi Lopes (26), Asensio (84), Koke (88), Varan (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:38, 04.02.2018.
O'qildi: 13405 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик