Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Futzal, OCH–2018. O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulot o‘tkazdi

Futzal, OCH–2018. O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulot o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy Taypeyida davom etayotgan Osiyo chempionati “B” guruhi 3-turiga tayyorgarlikni boshladi. Vakillarimiz guruh bosqichi so‘nggi turida Yaponiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Bugun, 4 fevral kuni jamoa Taishan Gymnasium sport majmuasida mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Mashg‘ulot boshlanishidan avval jamoa koordinatori va  murabbiylar shtabi futzalchilar bilan suhbat o‘tkazdi. Unda terma jamoa jamoa koordinatori Rustam Tolibjonov O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyatining Yaponiyaga qarshi o‘yin oldidan futzalchilarga murojaati yetkazdi.

“O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati sizlarni muddatidan avval qo‘lga kiritilgan chorak final yo‘llanmasi bilan tabrikladi. Shu bilan birgalikda, Yaponiyaga qarshi bo‘lajak o‘yinda xotirjamlikka berilmay, unga jiddiy yondashish kerakligi aytildi hamda yuqori saviyali o‘yin namoyish etishingizni va g‘alaba qozonib, chorak finalga guruhdan 1-o‘rin bilan chiqishingiz tilab qolindi. Barchangizga ma’lum, oldimizga yuqori maqsadlar qo‘yilgan. Shu sababli, har bir uchrashuvda ijobiy natija ko‘rsatishimiz zarur bo‘ladi. Biz O‘zbekiston xalqini g‘alabalar bilan xursand qilishimiz kerakligi ham ta’kidlandi”, – deya O‘FA rahbariyatining murojaatini yo‘lladi Rustam Tolibjonov.

Shundan so‘ng futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov futzalchilarga o‘z so‘zlarini aytib o‘tdi.

“Bizni butun O‘zbekiston qo‘llab-quvvatlab turibdi, bizga katta ishonch bildirilgan. Shuning uchun, har bir bellashuvda xalqimiz daldasini his qilishingizni so‘rayman. Qit’a birinchiligidagi har bitta o‘yinda faqat va faqat g‘alaba qozonishimiz lozim”, – dedi Bahodir Ahmedov.

Mashg‘ulot davomida bir qator taktik uslublar ishlab chiqilib, amalga sinab ko‘rildi. Umuman olganda, jamoada ijoyib muhit hukmronlik qilmoqda, barchada kayfiyat yaxshi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 16:10, 04.02.2018.
O'qildi: 3027 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.