Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ilhom Hamroyev: "Yaponiya bilan o‘yinda bor kuchimizni berib o‘ynaymiz"

Ilhom Hamroyev: "Yaponiya bilan o‘yinda bor kuchimizni berib o‘ynaymiz"

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy Taypeyida davom etayotgan Osiyo chempionati guruh bosqichining so‘nggi o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida avvalroq xabar berilgandi. “B” guruhi 3-turida o‘zbekistonlik futzalchilar Yaponiya termasiga qarshi bahs olib boradi.

Ertaga, 5 fevral kuni o‘tkaziladigan ushbu uchrashuv oldidan Osiyo chempionatida ilk bor ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ilhom Hamroyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ertangi bellashuv oson kechmasligini bilamiz, Yaponiya tajribali hisoblanadi. Ammo bo‘lajak o‘yinda bor kuchimizni berib o‘ynaymiz va g‘alaba qozonib, guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritishimizga ishonamiz. Tayyorgarlik jarayonlari a’lo darajada o‘tmoqda. Jamoaning ichki muhiti ham juda yaxshi. Biz ertangi o‘yinga tayyormiz, – dedi Ilhom Hamroyev.

Janubiy Koreyaga qarshi birinchi tur o‘yinida Osiyo chempionatidagi debyut uchrashuvingizni o‘tkazib, gol kiritish uddasidan chiqdingiz. Taassurotlaringiz haqida so‘zlab bersangiz.

“Janubiy Koreya bilan bahs biz kutgandek qiyin o‘tmadi. O‘yin davomida ustunlikka ega bo‘lib, to‘pni nazorat qildik. Albatta, Osiyo chempionatidagi debyut o‘yinimda gol urganimdan xursandman. Ammo asosiy vazifa – jamoaning g‘alabasiga doimo hissa qo‘shishdan iborat”, – deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi yosh va mahoratli futzalchi.

Ma’lumot uchun, Ilhom Hamroyev 1997 yil 25 sentyabr kuni Buxoro viloyati, Kogon shahrida tavallud topgan. Futzal bilan 2013 yildan boshlab professional tarzda shug‘ullanib keladi. Ilhom Hamroyev 2017 yili Tailandda bo‘lib o‘tgan U-20 Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar termasi sardori bo‘lgan. Mazkur musobaqada yosh futzalchi 4 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 18:17, 04.02.2018.
O'qildi: 3777 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.